“O‘zbekiston shaxmat yulduzlari” turniri yakuniga yetdi
Joriy yilning 9-13 noyabr kunlari poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida “O‘zbekiston shaxmat yulduzlari” turniri bo‘lib o‘tdi.
Sovrin jamg‘armasi 15 million so‘m bo‘lgan turnirda 9 imkoniyatdan 8,5 ochko jamg‘ara olgan xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni 6,5 tadan ochkoga ega bo‘lgan xalqaro grossmeysterlar Shamsiddin Vohidov hamda Ortiq Nig‘matov egalladi.




Muhammad AMIN(surat), O‘zA