Davlat aktivlarni boshqarish agentligining xabar berishicha, “O‘zbekiston shampani” AJning ustav kapitalidagi 51,48 foiz davlat aksiyalar paketini sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, Davaktiv agentligi tomonidan eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida KPMG xalqaro kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida jalb etilgan.

Investorlardan sotib olish bo‘yicha qiziqish to‘g‘risidagi 5 ta ariza (Express of Interest) kelib tushgan. Mazkur arizalar orasida eng yuqori narx taklifi bildirgan, kelajakda jamiyat faoliyatini barqaror rivojlanishini ta’minlay oladigan va ishlab chiqarish jarayonlarini to‘liq davomiyligini shakllantirishga salohiyatli bo‘lgan “Euro Pack” MCHJ “O‘zbekiston shampani” AJ ustav kapitalidagi 51,48 foiz davlat aksiyalar paketini sotib olish uchun qo‘yilgan talablarga to‘liq javob bergan va 72 mlrd so‘m sotib olish to‘lovi bilan g‘olib deb topilgan. Shuningdek, xaridor sotib olish to‘loviga qo‘shimcha ravishda, 2024-2025 yillarda Korxonani rivojlantirish uchun 18,5 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni ham o‘z zimmasiga oladi.

Ma’lumot uchun, “Euro Pack” MCHJ – alkogol mahsulotlar uchun kerakli bo‘lgan shisha va plastik idishlarni ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. 

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston shampani” AJ ning 51 foizdan ko‘proq aksiyasi sotildi