O‘zbekiston safarda Eron bilan durang o‘ynadi
Futbol bo‘yicha Osiyo qit’asida Jahon chempionati 3-saralash bosqichining 8-tur uchrashuvlari doirasida “A” guruhining ikki favorit jamoasi – Eron va O‘zbekiston o‘zaro raqobatlashdi.
Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Ushbu o‘yindan so‘ng Eron 20 ochko bilan jahon chempionatiga yo‘l oldi. Timur Kapadze boshchiligidagi termamiz 17 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi.

Shuningdek, bu guruhda Qirg‘iziston o‘z maydonida Qatarni 3:1 hisobida yengdi. Natijada Qirg‘iziston termasining ochkolari 6 taga yetdi. Qatar esa 10 ochko bilan qoldi.

Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 iyun kuni safarda BAA bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA