“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining Nurobod tumanidagi Sazag‘on massivida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Shyolkovo Agroxim – O‘zbekiston” Rossiya xorijiy korxonasining o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari ishlab chiqarish zavodi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Xorijiy korxona Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida joylashgan “Shyolkovo Agroxim” aksiyadorlik jamiyati ta’sischiligida 2017 yilda tashkil etilgan. Zavod qurilishi esa 2018 yilda boshlanib, o‘tgan yil to‘rtinchi chorakda o‘z faoliyatini boshlagan. 

 – Mazkur loyihaning umumiy qiymati 31 million AQSH dollari miqdorida bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar asosida o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari ishlab chiqarshga qaratilgan, – deydi “Shyolkovo Agroxim – O‘zbekiston” Rossiya xorijiy korxonasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Sherzod Abduahatov. – Zavod qurilishi uchun Samarqand viloyati Nurobod tumani Sazag‘on massivining cho‘l va tog‘oldi hududidan 5,3 gektar yer maydoni ajratilgandi. Bu yerda zavodning barcha ma’muriy va ishlab chiqarish sexi binolari, toza ichimlik suvi inshooti va boshqa yordamchi binolar qurildi. Ayni paytda zavodda tamoman yangi komponentlarga ega bo‘lgan, o‘zgacha shakl va ko‘rinishdagi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat kimyo komissiyasi tomonidan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi ekinlariga qo‘llash uchun ruxsat etilgan 50 ga yaqin o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositasi ishlab chiqarilmoqda. Shuni alohida ta’kidlashim kerak, haliga qadar bunday innovatsion mahsulotlarning muqobili O‘zbekiston va yaqin xorijiy mamlakatlarda mavjud emas edi. Korxona yurtimiz qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga bo‘lgan ehtiyojni to‘la qondirish imkoniyatiga ega. Ammo hozircha klaster va fermerlar, qishloq xo‘jalik korxonalari bilan shartnoma asosida 20 foizgacha ehtiyoj bizning mahsulotlarimiz evaziga qoplanmoqda. Birgina joriy yilning birinchi choragida 8 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, buyurtmachilarga yetkazib berildi. Mahsulotlarni nafaqat ichki bozorda sotish, balki qo‘shni mamlakatlarga ham eksport qilish ko‘zda tutilgan.

Korxonada kelgusida mahsulot turlari va salmog‘ini yanada oshirish, 2025 yildan boshlab esa 10 turdagi kimyoviy o‘g‘it ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu o‘g‘itlar o‘simliklarning bargidan oziqlantirishga mo‘ljallangan bo‘lib, ekinning turli kasalliklarga chalinishi, hashorat va zararkunandalar tarqalishining oldini ham oladi.

Zavod qoshida eng zamonaviy nanotexnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriya tashkil etilgan. Bu yerda viloyatdagi oliy o‘quv yurtlarining o‘simliklar himoyasi, agrotexnologiyalari va oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan yuqori bosqich talabalari, aspirantlar, tadqiqotchilar va doktorantlar tajriba-sinov, ilmiy izlanishlar olib borishi uchun sharoit yaratilgan. Onlayn tartibda “Shyolkovo Agroxim” aksiyadorlik jamiyati ilmiy markazining o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi yetakchi olimlari bilan amaliy muloqotlar uyushtiriladi.

Yaqin orada zavod qoshida o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarini qadoqlash idishlari ishlab chiqaradigan korxona hamda yorliqlar tayyorlash sexlari tashkil etiladi. Aypi paytda bu mahsulotlar boshqa korxonalardan olinmoqda.  

 Zavoddagi ishlab chiqarish jarayonlari eng so‘nggi rusumdagi avtomatik uskuna va texnologiyalarga asoslangan. Ularni 100 nafarga yaqin mahalliy mutaxassislar boshqarmoqda. E’tiborlisi, zavod ishga tushishi bilan Nurobod tumanining Tepaqul va Sazag‘on mahallasining ko‘plab fuqarolari doimiy ish bilan ta’minlandi.

 G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston–Rossiya: mintaqada muqobili yo‘q