Özbekiston – Rossiya media forumi ikkinçi kunidan fotoreportaj
Poytaxtimizda III Özbekiston – Rossiya media forumi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Özbekiston va Rossiya axborot sohasi vakillarini bir maydonda jamlagan mazkur anjuman ikki mamlakat mediatuzilmalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, yangi taşabbuslarni ilgari suriş hamda tajriba almaşiş uçun muhim muloqot maydoni bölmoqda.
[gallery-32435]
Forumning birinçi kunida jurnalistika va media sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, auditoriyaga axborot yetkazişning yangi usullari, milliy qadriyat va madaniy merosni media vositalari orqali tarğib qiliş masalalariga eʼtibor qaratildi. Qöşma ijodiy loyihalar, audiovizual mahsulotlar tayyorlaş va raqamli texnologiyalardan foydalaniş borasida ham fikr almaşildi.
Bugun forum iştirokçilari uşbu yönalişlardagi muloqotlarni yangi mavzular va taşabbuslar asosida davom ettirmoqda.
Farhod Abdurasulov (surat), ÖzA