Vatanimiz tarixidagi 17 avgust sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

Yurtimizda avgust oyining uchinchi yakshanbasi Havo floti kuni sifatida nishonlanadi. Mazkur kunni belgilash to‘g‘risidagi qonun, mamlakatimiz qudratini va iqtisodiyotini mustahkamlashda, xalqaro va ichki qatnovni ta’minlashda Havo flotining muhim ahamiyatini e’tiborga olib, 1995 yil 31 avgustda qabul qilindi. Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi ko‘p ming kishilik jamoalari, Harbiy Havo Kuchlari harbiy xizmatchilari va o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari mazkur kasb bayramini ilk bor 1996 yilda nishonladilar.

1231 yil (bundan 794 yil oldin) – Xorazmshohlarning butun umri xavf-xatar va janglarda o‘tib, tinchlik va xotirjamlikni bilmagan so‘nggi hukmdori, mohir sarkarda Jaloliddin Manguberdi Kurdiston tog‘ida bir kurd kishisi tomonidan o‘ldirildi (ayrim adabiyotlarda uning 17 va 20 avgust oralig‘ida halok bo‘lgani qayd etilgan). Bu xususda turkiyalik olim Oydin Tonariy shunday yozadi: “Sultonning o‘limi to‘g‘risida tarixchilar bergan ma’lumotlar aksariyat bir-biriga o‘xshashdir. Fikrimizcha bu masalada Nasaviy bilan Juvayniyning ma’lumotlari eng to‘g‘risidir.

Mo‘g‘ullarning 15 suvoriysi Sultonni ta’qib qilishga tushdi. Ulardan ikkitasi unga yetib oldi. Sulton bir hamlada ularning ikkovini ham o‘ldirdi va yana kochdi. U baland toqqa tirmashdi va qaroqchi kurdlarga duch keldi. Kurdlar uni o‘ldirmoqchi bo‘lganlarida Sulton ularning boshlig‘iga: “Men Sultonman. Meni o‘ldirishga shoshilmang. Meni yo Malik Muzaffar Shahobiddin huzuriga yoki meni o‘lkalarimdan biriga olib bor, seni amir qilib tayinlayman”, dedi. 

Qaroqchilar boshlig‘i ikkinchi taklifni qabul qildi va Sultonni o‘z ovuliga olib ketdi. So‘ng u Sultonni xotiniga topshirib, ot topib kelish uchun ketdi. Biroq ko‘p utmay nayza ko‘targan boshqa bir kurd kirib keldi va xotindan: “Bu xorazmlik kim? Uni nega o‘ldirmayapsizlar?” deb so‘radi. Xotin: “Xo‘jayinim unga omonlik berdi. Chunki u Sulton ekaninin so‘zladi”, dedi. Kurd: “Bu gapga qanday ishonish mumkin? Ular Oxlatda bundan ham azizroq ukamni o‘ldirdilar”, dedi va bir nayza zarbi bilan Jaloliddinni o‘ldirdi”.

1866 yil (bundan 159 yil oldin) – Orenburg general-gubernatori N.Krijanovskiy “Buxoro masalasi”ni hal etish uchun ikkinchi marta Toshkentga keldi. N.Krijanovskiy amir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabat o‘rnatib, “tinchlik bitimi” tuzish xususida unga imperator tomonidan vakolat berilgani haqida aytib, buxorolik elchini Toshkentga o‘zaro munosabatlarni oydinlashtirish uchun yuborishni so‘radi.

1910 yil (bundan 115 yil oldin) – Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Feruzni dafn qilish marosimlari o‘tkazilgach, uning o‘g‘li Asfandiyorxon Polvon ota maqbarasida to‘plangan ulamolar oldida shariat bo‘yicha davlatni boshqarishga qasamyod qildi. Xorazmdagi qadimiy an’analarga ko‘ra turli muhim masalalarni hal qilishda xon oldida 32 amaldor bo‘lmog‘i kerak edi. Asfadiyorxon 33-mansab – “Vaziri akbar” (bosh vazir) lavozimini joriy qildi va unga Islomxo‘ja Ibrohim xo‘ja o‘g‘lini tayinladi. Islomxo‘ja vazirlik lavozimida 1899 yildan beri ishlab kelayotgan edi.

1937 yil (bundan 88 yil oldin) – O‘zbekistonda qatag‘on siyosati bo‘yicha hukm chiqargan “uchlik”ning shu kungi yig‘ilishida ma’rifatparvar, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Sharifboy Xudoyberdiyev – So‘fizoda taqdiri hal bo‘ldi. Unga muhojirotdan kelgach, “chet el razvedkasi topshirig‘iga ko‘ra, “Milliy istiqlol” aksilinqilobiy tashkilotiga kirgan, faol aksilinqilobiy faoliyat olib borgan, “bosmachilik”ni qo‘llab-quvvatlagan, aksilinqilobiy guruhlar tashkil etishda tashabbus ko‘rsatgan, shaxsan o‘zi yozgan aksilinqilobiy she’rlarini tarqatgan”, degan ayb qo‘yildi. Ana shu to‘qima aybi uchun mashhur shoir So‘fizoda qatl etildi. 

1939 yil (bundan 86 yil oldin) – O‘zbekiston xalq shoiri To‘lan Nizom tavallud topdi (vafoti 2020 yil). U liro-epik janrlarda samarali ijod qilib, Bobur, Mashrab, Cho‘lpon, Mirtemir, Usmon Nosir, Saida Zunnunova, Muhammad Yusuf singari siymolarga bag‘ishlangan doston va lirik qissalar yozgan. U 2003 yilda “Mehnat shuxrati” ordeni bilan mukofotlangan.

1989 yil (bundan 36 yil oldin) – “Qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa yer bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida” qaror qabul qilindi. Qarorda qishloqda yashovchi har bir kishiga o‘rtacha 25 sotixdan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar ko‘paytirish ko‘zda tutilgan edi.

1998 yil (bundan 27 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«El-yurt hurmati» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan.

1998 yil (bundan 27 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Indoneziya Hukmatlararo komissiyani tuzish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qo‘qon universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin)Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharririning savollariga javoblari “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, real imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” sarlavhasi ostida ushbu gazetada chop etildi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasining Havo floti kuni