Bugungi kunda respublikamizda iqtidorli yoshlar va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli ta’lim dargohlarida tahsil olishi hamda davlat xizmatchilarini o‘qitish va stajirovkasini tashkil etish orqali ularning kasbiy ko‘nikmalari, bilimi va tajribasini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda davlatimiz rahbarining “Iqtidorli mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi etib qayta tashkil etildi.

2025 yil 1 sentyabrdan iqtisodiyotning muhim tarmoqlari va boshqa yo‘nalishlarda jamg‘arma mablag‘lari hisobidan maqsadli stajirovka dasturi amalga oshiriladi.

Har yili 1 fevralga qadar vazirliklar, idoralar va iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari, yetakchi  oliy ta’lim muassasalari, tadqiqot va tahliliy markazlari kadrlar tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojlar to‘g‘risida lavozim va yo‘nalishlar kesimida, tanlangan nomzodlarning stajirovkasini tashkil qilish mumkin bo‘lgan xorijiy tashkilotlar va stajirovka muddati bo‘yicha asoslantirilgan ma’lumotlarni hamda stajirovkani tamomlagach nomzodlar bajaradigan vazifalari va erishishi lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar ro‘yxati Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etadi.

Tarmoq yo‘nalishlari bo‘yicha stajirovka dasturining mamlakatlar kesimidagi kvotalari har yili vazirlik, idora va iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari, shuningdek, yetakchi oliy ta’lim muassasalari, tadqiqot va tahliliy markazlari ma’lumotlari va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining takliflari asosida jamg‘arma Boshqaruv kengashi tomonidan belgilanadi hamda har yili 1 aprelga qadar Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalari asosida g‘oliblar aniqlanadi.

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xorijiy nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa tashkilotlarining bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi. Ushbu stipendiya g‘oliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat o‘tkazish orqali aniqlanadi. Test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.

Bakalavriat, bo‘yicha QS (Quacquarelli Symonds) hamda magistratura va doktorantura bo‘yicha THE (The Times Higher Education) xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga ko‘ra:

- birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) to‘liq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga jamg‘arma stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

- birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga  qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun jamg‘arma stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

- birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha  o‘qish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga jamg‘arma stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.

Maqsadli stajirovkani o‘tagan mutaxassislar va o‘qishni yakunlagan stipendiatlarning qaytganidan so‘ng, xorijda olgan ilg‘or nazariy bilim va tajribalarini amaliyotga joriy etishi hamda xizmat bo‘yicha o‘sishiga zarur sharoitlar yaratib borishga tegishli vazirlik, idora, iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari va boshqa ish beruvchi tashkilotlar rahbarlari mas’ul hisoblanadi. Mazkur jarayonlar Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi va monitoring qilib boriladi.

Davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda, mamlakat iste’dodli va salohiyatli yoshlari bilan qudratlidir.

Shu ma’noda Prezidentimiz tashabbusi bilan navqiron avlodni zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, yuqori intellektual salohiyatga ega, iqtidorli, ilm-fan, ishlab chiqarish, sanoat sohalariga innovatsion g‘oya va texnologiyalar olib kirishga qodir mutaxassis qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda birgina Navoiy viloyatidan “El-yurt umidi” jamg‘armasining 34 nafar stipendiatlari AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Avstraliya, Xitoy, Rossiya federatsiyasining nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishayotgan bo‘lsa, 40 dan ortiq malakali mutaxassislar esa vazirlik va idoralar, oliy ta’lim hamda sog‘liqni saqlash muassasalarida samarali faoliyat yuritmoqda.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi eng nufuzli ta’lim va tadqiqot, innovatsiya va amaliyot maskanlarida tahsil olish hamda stajirovka o‘tash baxti nasib etgan yoshlarimizga davlatimiz rahbari tomonidan yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishiga albatta ishonamiz.

Zafar Sultonov,

Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligining

Navoiy viloyat filiali rahbari.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi