Muhtaram rais Rejep Tayyip Erdog‘an Janobi Oliylari!

Hurmatli Davlat va Hukumat Rahbarlari!

Hurmatli bosh kotib Sulaymonpur Janoblari!

Avvalambor, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Sammitining barcha ishtirokchilarini samimiy qutlashga ijozat bergaysiz.

Hurmatli Prezident Erdog‘an Janoblariga pandemiya sharoitiga qaramasdan, tashkilotga samarali raislik qilgani va anjumanni yuqori darajada tashkil etgani uchun chuqur minnatdorlik izhor etaman.

Pandemiya davrida KOVID-19 kasalligiga qarshi kurashishda ko‘rsatilgan salmoqli yordam uchun turk do‘stlarimizga va shaxsan Erdog‘an Janoblariga o‘z minnatdorligimni bildiraman.

Bugun raislik navbati Turkmanistonga o‘tishi munosabati bilan hurmatli Prezident Gurbanguli Myalikguliyevich Berdimuhamedovni chin dildan tabriklayman.

Va albatta, yaxshi niyat qilamizki, navbatdagi Sammitda, Ashxobod shahrida ko‘rishish hammamizga nasib qilsin.

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti hududi – bu tarixi, dini, madaniyati va qadriyatlari mushtarak, ulkan imkoniyatlarga ega bo‘lgan umumiy mintaqadir.

Do‘st davlatlarimizni azaldan o‘zaro hurmat va ishonch muhiti, savdo va transport-kommunikatsiya aloqalari chambarchas bog‘lab turadi.

bugungi sammitimiz “Kovid-19 dan keyingi davrda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik” mavzusida o‘tayotganida chuqur ma’no mujassam.

Chunki, global iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan pandemiya, davlatlarimizni ham chetlab o‘tmadi.

Bu ofat kuchli va zaif tomonlarimizni, bir-birimizga naqadar bog‘liq ekanimizni, iqtisodiy sheriklikni yanada mustahkamlash zaruratini yaqqol ko‘rsatdi.

Dunyoda texnologiya va resurslar, sarmoyalar, tashqi bozorlarga chiqish uchun raqobat kuchayib borayotgan hozirgi kunda, kuch va salohiyatlarimizni birlashtirish, iqtisodiyotlarimizning to‘ldiruvchi omillaridan keng foydalanishimiz muhimdir.

Ammo shuni aytib o‘tish kerakki, Tashkilotimiz hududida mavjud savdo-iqtisodiy, moliyaviy, sarmoyaviy, transport-logistika va energetika imkoniyatlari to‘liq ishga solinmayapti.

Shu bois, “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti – 2025” dasturining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi takliflarni ilgari surmoqchiman.

Birinchidan, iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveri – hech shubhasiz, savdo va investitsiya aloqalarini kuch́айтиришдир.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning a’zo davlatlar bilan umumiy savdo aylanmasi salkam ikki barobarga o‘sdi. O‘tgan yili murakkab vaziyatga qaramasdan, bu hajmlarni saqlab qolishga erishdik.

Biz, Tashkilotga a’zo mamlakatlar tomonidan karantin davrida o‘rnatilgan savdo va transport cheklovlarini bartaraf etish vaqti keldi, deb hisoblaymiz.

O‘ylaymanki, raqamli texnologiyalar va elektron tijoratni keng joriy etish savdo aloqalarimizni sezilarli ravishda yengillashtiradi.

Shu ma’noda, Turkiya ilgari surayotgan Savdoga ko‘maklashish bo‘yicha bitimni kelishish va qabul qilishni tezlashtirish lozim, deb hisoblaymiz.

Ikkinchidan, “Bir-birini to‘ldiruvchi nuqtalarni topish” tamoyili asosida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish xalqlarimizning umumiy farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Bu muhim rejani amalga oshirish uchun aniq yo‘nalish va loyihalarni qamrab olgan qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishni maqsadga muvofiq, deb bilamiz.

Uchinchidan, a’zo davlatlar o‘rtasida mablag‘lar, tovarlar va xizmatlar erkin aylanishini ta’minlash, banklararo aloqalarni va moliyalashtirishni kengaytirish dolzarb masaladir.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun yaqin istiqbolda mamlakatlarimiz banklari ishtirokida xalqaro Bank-moliya Forumini o‘tkazishni taklif qilamiz.

To‘rtinchidan, mintaqalarimizning transport yo‘laklarini kengaytirish va tranzit salohiyatini oshirish, o‘zaro iqtisodiy hamkorligimizni yanada jadallashtiradi.

Biz, O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – O‘mon, O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy transport yo‘laklarini, shuningdek, Ozarbayjon orqali Turkiya va Yevropa davlatlariga chiqish yo‘llarini rivojlantirishdan manfaatdormiz.

Shu bilan birga, yangi taklif etilgan Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘lining qurilishi Afg‘onistonni keng mintaqalarimizga integratsiya qilish va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda ulkan ahamiyat kasb etadi.

Beshinchidan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan birgalikda, Tashkilotimizning Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi yangi Dasturini ishlab chiqish va qabul qilish zarur, deb hisoblaymiz.

Shu munosabat bilan, joriy yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining, navbatdagi yig‘ilishini biz O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyormiz.

Oltinchidan, qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalariga boy mintaqamizda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish imkoniyatlari nihoyatda kattadir.

Energetika barqarorligini ta’minlash, sohaga investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni keng jalb etishga qaratilgan O‘rta muddatli Strategiyani ishlab chiqish va tasdiqlashni taklif etaman.

Yettinchidan, ekologiya va global iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq muammolar oqibatlarini mintaqamizda, jumladan, Orolbo‘yi hududida yaqqol sezayapmiz. Bu masalaga yechim topish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarimizni o‘zaro birlashtirish lozim.

Bu yo‘lda ta’sirchan mintaqaviy hamkorlikning aniq mexanizmlarini joriy etishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Sakkizinchidan, Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishimiz lozim.

Tashkilot doirasida epidemiologik vaziyatni monitoring qilish va tegishli chora-tadbirlarni oldindan rejalashtirish tizimini amaliyotga joriy etishni taklif qilamiz.

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

So‘zimning yakunida yana bir bor alohida ta’kidlamoqchiman:

Hech shubhasiz, istiqbolda birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali biz Tashkilot doirasidagi hamkorligimizni yangi
va yuksak bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘lamiz.

E’tiborlaringiz uchun rahmat.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining videoanjuman shaklida o‘tkazilgan 14-sammitidagi nutqi