2025 yil 29 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.

Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy Kengashlarning deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Yalpi majlis Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib borildi.

Yalpi majlisning ikkinchi ish kuni senatorlar tomonidan dastlab “O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2024 yil 27 sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi hamkorlik tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Shu kunga qadar ikki davlat o‘rtasida ekstraditsiya, jinoyat ishlarida huquqiy yordam, havo qatnovi, savdo-iqtisodiy munosabatlar, daromad soliqlari bo‘yicha ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish, fan va texnika kabi yo‘nalishlarda jami 31 ta kelishuv imzolangan. 

Qonun bilan ratifikatsiya qilinayotgan ushbu Bitim Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida 2024 yil 17 sentyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Hujjatda ikki davlat o‘rtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlarda huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, har ikki davlat fuqarolarini bir-birining hududida teng huquqiy himoya bilan ta’minlash hamda fuqarolik va iqtisodiy masalalar yuzasidan sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish imkoniyatini yaratish nazarda tutilgan.

Shuningdek, fuqarolar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni hal etish, sud hujjatlarini tan olish va ijro etish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish tartibi ham belgilanmoqda. 

Senatorlar tomonidan qonunning qabul qilinishi kelgusida ikki mamlakat o‘rtasidagi shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashga, xususan, sud-huquq sohasida hamkorlikning yanada rivojlanishiga erishish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

[gallery-23662]

Muhokama yakunida senatorlar tomonidan qonun ma’qullandi.

Shundan so‘ng Iqtisodiyot va moliya vazirligining mamlakat hududlarida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi axboroti eshitildi.

Ta’kidlanganidek, 2025 yilning yanvar-mart oylarida respublikada bozor xizmatlari hajmi 210,8 trillion so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,6 foizga oshdi. Hududlar kesimida xizmatlar sohasida yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (116,9 foiz), Samarqand (114,0 foiz) va Navoiy (113,1 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

Joriy yilning birinchi choragida xizmat ko‘rsatish sohasida hududlarda chakana savdoda 5,2 mingta, maishiy xizmatda 1,4 mingta, turizm bilan bog‘liq yo‘nalishlarda 738 ta, ta’lim va tibbiyot sohalarida 730 ta hamda 3,6 mingdan ziyod boshqa xizmat ko‘rsatish ob’ektlari ishga tushirilgan.

Respublikada yangi savdo va servis ob’ektlarining ishga tushirilishi natijasida 23,3 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Transport sohasida 3 708 ta yo‘nalishda 36,2 ming jamoat transporti harakatlanishi yo‘lga qo‘yilib, 333,6 mingta yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatilgan. 

Joriy yilning birinchi choragida respublikaga 2,1 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurib, 927 million dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatilgan. 

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida hududlar bo‘ylab 2,3 million kishining sayohati amalga oshirilgan. Turizm va unga yondosh sohalar yo‘nalishida 1,8 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Senatorlar tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim muammolarga e’tibor qaratildi.

Jumladan, xizmatlar sohasida ijara, ta’limga doir, shaxsiy xizmatlar va savdo xizmatlari hajmi o‘sishi sur’atlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sekinlashgani hamda yashirin iqtisodiyot ulushi saqlanib qolayotgani qayd etildi. 

Shuningdek, sohada faoliyat ko‘rsatmasdan kelayotgan tadbirkorlar mavjudligi, xizmatlar sohasida aholini ish bilan ta’minlash borasidagi dastur ijrosini ta’minlashda Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida va Toshkent shahrida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi. 

Yalpi majlisda hududlarda xizmatlar sohasida mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish, xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish orqali xizmatlar hajmining o‘sish sur’atlarini ta’minlash, xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda xodimlarni ishga rasman qabul qilish va tizimda qayd etish jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Muhokama yakunida Senatning tegishli qarori qabul qilindi. 

Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni yaxshilanishi to‘g‘risidagi milliy ma’ruza ko‘rib chiqildi.

Senatorlar mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda davlat boshqaruvi samaradorligini baholashda muhim ahamiyat kasb etadigan ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha muhokama qildi.

Iqtisodiyot va moliya hamda Adliya vazirliklari mutasaddilari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalardagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, 2024 yilda mamlakat uchun ustuvor deb belgilangan 20 ta xalqaro reyting va indekslardan 10 tasida O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari yaxshilandi, 2 tasida holat o‘zgarmasdan qoldi, 2 tasi bo‘yicha esa natijalar hali e’lon qilinmagan. 

Ushbu natijalar davlat organlari, jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlarining muvofiqlashtirilgan hamkorligi, aniq indikatorlar asosida amalga oshirilgan islohotlar samarasi ekani ta’kidlandi. Jumladan, “Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi”da O‘zbekiston 6 pog‘onaga yuqorilab, 193 davlat orasida 63-o‘rinni egalladi. Mamlakat “yuqori”dan “juda yuqori” toifaga o‘tgan 17 davlat qatoriga kirdi.

“Ayollar, biznes va qonun” indeksida 48 pog‘onaga sakrash hisobiga 190 mamlakat ichida 91-o‘rin, 82,5 ball ko‘rsatkich qayd etildi. So‘zga chiqqanlar bunday ko‘rsatkich gender tengligi, ayollar huquqlari va imkoniyatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlarning natijasi ekanini qayd etdi.

Iqtisodiy erkinlik indeksida ham 6 pog‘onaga o‘sish qayd etildi yoki O‘zbekiston 103-o‘rinni egalladi. Shunga qaramasdan, Davlat byudjeti va davlat qarziga oid ko‘rsatkichlarni yaxshilash borasida hali ham islohotlarni izchil davom ettirish talab etilmoqda.

Muhokama davomida ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning milliy tizimi yaratilgan va shu tariqa parlament nazorati kuchaytirildi. Har yili tayyorlanadigan milliy ma’ruzada davlat organlari faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi va qonunchilikni takomillashtirish zarurati yuzasidan xolis va tahliliy ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

Shu bilan birga, Milliy ma’ruza tahlillari ayrim reyting va indekslarda pasayish holatlarini ham ko‘rsatdi. Xususan, ayrim sohalardagi korrupsiya holatlari, qonunlarga rioya etishdagi muammolar, matbuot erkinligiga oid kamchiliklar mamlakatimizning reytinglardagi mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida Oliy Majlis Senati tomonidan tegishli qaror qabul qilindi. Unda sohalar bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish, mas’ul idoralar faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini kuchaytirish, mas’uliyatni oshirish hamda reyting ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha istiqbolga mo‘ljallangan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Shu bilan birga, yalpi majlisda Oliy Majlis Senati tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Yangilangan Konstitutsiyada mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o‘z faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashish Senatning mutlaq vakolati sifatida belgilanganligidan kelib chiqib, mahalliy Kengashlar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, Kengashlar ishini sifatli tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Mahalliy Kengashlar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yishga uslubiy ko‘maklashish maqsadida 20 dan ortiq normativ hujjatlar tayyorlanib, amaliyotga tatbiq etilgan.

Xususan, mahalliy Kengashlar qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uslubiyoti tasdiqlangan, Kengash so‘rovi, Kengash tekshiruvi institutlarining huquqiy asoslari mustahkamlangan, Kengashlar huzurida ekspert guruhlarini tashkil etish choralari ko‘rilgan.

Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengash deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.

Shuningdek, mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etish mezonlari ishlab chiqilib, joylarda ushbu mezonlar asosida har bir hududda bittadan tuman (shahar) Kengashining faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Senat tomonidan mahalliy Kengashlarga har tomonlama amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Mahalliy Kengashlar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida 3 ta qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Mazkur qonun loyihalari bilan mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalarini “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida aniq taqsimlash, takrorlanuvchi vazifalarni bekor qilish, mahalliy byudjetlarni shakllantirishda deputatlarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy Kengashlarning o‘zaro va xalqaro hamkorligining huquqiy asoslarini mustahkamlash nazarda tutilmoqda.

O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihalari ishlab chiqilib, unda mahalliy Kengashlarning nazorat hamda norma ijodkorligiga oid faoliyatini, deputatlarning mahalliy byudjet va hududlarni rivojlantirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish, Kengash faoliyatida jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash, deputatlarning saylovchilar bilan ishlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan aniq choralar belgilanmoqda.

Shu bilan birga mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamlashtirish, “E-Kengash” elektron platformasida foydalanuvchilar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida ularni tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish borasida ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.

Yalpi majlisda mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish masalalari bilan bir qatorda Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining muhim vazifalari ham muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalliy Kengashlarning nazorat hamda norma ijodkorligi bo‘yicha faoliyatining samaradorligini oshirish, hudud manfaatlariga oid hamda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muhim va dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytirish hamda mahalliy vakillik organlari deputatlari va kotibiyat xodimlarining malakasini doimiy ravishda oshirib borish tizimini yo‘lga qo‘yishga oid vazifalar belgilandi. 

So‘ngra bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga parlament so‘rovi yuborish masalasi ko‘rib chiqildi.

Qayd etish joizki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilg‘or xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida (umumiy aholi sonining 33,3 foizi) 824 ta oilaviy shifokorlik punkti, 984 ta oilaviy poliklinika, 207 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va 233 ta bolalar davolash-profilaktika muassasasi tomonidan  12,9 million nafardan ortiq 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. 

Respublika bo‘yicha 4 247 o‘rindan iborat 13 ta hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etilgan.

O‘tgan yilda respublika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan bolalardan 11,2 million nafari (95,5 foizi) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 3,4 million nafarida (28,8 foizi) turli xil kasalliklar aniqlangan. Kasallik aniqlangan 3,1 million bola (89,4 foiz) sog‘lomlashtirilgan.

2024 yil yakuniga qadar 1,3 million 6-23 oylik bolalar mikronutriyent kukuni bilan to‘liq ta’minlangan.

Shu bilan birga, yalpi majlisda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalarida pediatr, neonatolog, ftiziopediatr, immunolog, bolalar jarrohi, o‘smirlar pediatri kabi mutaxassislar yetishmasligi qayd etildi.

Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga hududlardan malakali mutaxassislar ko‘rigiga yo‘llanmalar oshishi hisobiga bo‘layotgan yuklamalar ulardagi o‘rin fondiga hamda belgilangan normativ me’yorlarga mos kelmaydi.

Shuningdek, ayrim hududlardagi Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida kardiojarrohlik bo‘limlari hamda chaqaloqlar jarrohligi bo‘limlari tashkil etilmaganligi, bolalarga xizmat ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalarining ayrimlarida moddiy-texnik holat talabga javob bermasligi hamda zamonaviy yuqori texnologik uskunalarga ehtiyoj mavjudligi ta’kidlandi. 

Ushbu masalalarga oydinlik kiritish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida Senat qarori qabul qilindi.

Shuningdek, senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ham tasdiqlandi.

Yalpi majlisda jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlashga va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 14 ta masala, shu jumladan, 9 ta qonun ko‘rib chiqildi.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senati

Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi to‘g‘risida AXBOROT