4 sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy Kengashlarning deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Yalpi majlis Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib borildi.

O‘ninchi yalpi majlisning birinchi ish kunini senatorlar “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunni muhokama qilishdan boshladi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, korporativ munosabatlarni rivojlantirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Muhokama davomida e’tibor mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatini tartibga soluvchi normalarni tizimlashtirish va birxillashtirish hamda xorijiy tajribadan kelib chiqib, ularni to‘ldirish zarurati mavjudligiga qaratildi.

Ushbu qonunda jamiyatning filiallari va vakolatxonalarini, shu’ba hamda qaram xo‘jalik jamiyatlarini ochish tartibi, jamiyat ishtirokchilarining o‘rtasidagi nizoli vaziyatni hal etish hamda jamiyat umumiy yig‘ilishi bayonnomasi nusxalarini ishtirokchilarga yetkazish masalalari o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, jamiyat kuzatuv kengashi a’zolariни saylash тартиби hamda jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor)ning va kollegial ijro etuvchi organlarining majburiyatlari ham nazarda tutilmoqda.

Qonun bilan jamiyat nafaqat litsenziya, balki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoki xabardor qilish tartibida muayyan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkinligi belgilanmoqda. Jamiyat ishtirokchilariga o‘z korporativ huquqlarini amalga oshirish to‘g‘risida korporativ shartnomalar tuzish kabi bir qator huquqlar berilishi nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, jamiyat kuzatuv kengashining qarorlarini sirtdan ovoz berish va kuzatuv kengashi a’zolarini saylash tartibi, kuzatuv kengashining vakolatlari hamda minoritar ishtirokchilar qo‘mitasini tashkil etishga oid qoida mustahkamlanmoqda.

Majlisda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatiga zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, ular faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlaridagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf qilish hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga ham alohida urg‘u berildi.

Senatorlar o‘z chiqishlarida ushbu qonun jamiyat ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlarini yanada mustahkamlashini, ularning ulushlari aldov va firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi. 

Muhokama yakunida mazkur qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ham ko‘rib chiqildi. 

Qayd etilganidek, qonun jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, ularning oila va jamiyatdan uzilib qolishini oldini olish, kitob o‘qishini rag‘batlantirish orqali qonunga itoatkor, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgandir.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga mahkumlarning jazoni o‘tash muddati ular tuzalish yo‘liga o‘tganligi munosabati bilan qisqartirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda. 

Xususan, Jinoyat kodeksi jazoni o‘tash muddatini shaxs tuzalish yo‘liga o‘tganligi munosabati bilan qisqartirishni nazarda tutuvchi 741-modda bilan to‘ldirilmoqda.

Bunda mahkumlar tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tasdiqlangan, mahkumlarda to‘g‘ri ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi kitoblarni o‘qisa va ushbu kitoblarni o‘qiganligi fakti tasdiqlangan taqdirda jazoni o‘tash muddati har bir o‘qilgan kitob uchun uch kunga, biroq bir yilda ko‘pi bilan o‘ttiz kungacha Komissiyaning xulosasiga asosan sud tomonidan qisqartirilishi mumkinligi belgilanmoqda.

Ushbu norma faqat jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinishi nazarda tutilgan (umrbod ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlardan tashqari) shaxslarga nisbatan tatbiq etilishi belgilanmoqda.

Qonunchilikka kiritilayotgan ushbu o‘zgartirishlar bugungi kunda jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan 13,5 mingdan ortiq mahkumlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Shu bilan birga, qonun bilan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunga ham profilaktik hisobga olish asoslari maqbullashtirilishini hamda profilaktik hisobga olinadigan ma’muriy huquqbuzarlik turlari ularning ijtimoiy xavflilik darajasi, xususiyati, kelgusida jinoiy qilmish sodir etilishi mumkinligi kabi mezonlardan kelib chiqqan holda belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 12810 va 131-moddalarida nazarda tutilgan, ya’ni yo‘l bezoriligi va transport vositalarini mastlik holatida boshqarganlik uchun sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun sud tomonidan muayyan muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarni profilaktik hisobga olinishi alohida toifa sifatida belgilanmoqda.

2024 yilda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan 11 mingga yaqin shaxs tomonidan 23 582 ta yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari aniqlangan. Buning oqibatida 1 019 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, unda 295 nafar fuqaro vafot etgan va 873 nafari jarohatlangan.

Shu bois yo‘l-patrul xizmati xodimlariga profilaktika inspektorlari tomonidan ko‘maklashish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi va bu orqali transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishini barvaqt oldini olish va o‘z vaqtida aniqlash imkoniyatlari kengaytiriladi.

Senatorlar tomonidan ta’kidlanganidek, qonunning qabul qilinishi mahkumlarni axloqan tuzatish, ularda jamiyat qoidalari va an’analariga nisbatan hurmatni shakllantirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishga, profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan olib boriladigan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish orqali mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashishga va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonun ham muhokama qilindi.

Muhokama chog‘ida ushbu qonun aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgani ta’kidlandi. Unda davlat ijtimoiy sug‘urtasining amal qilishi, sug‘urta hodisasi, sug‘urtalangan shaxsning, sug‘urtalovchining, sug‘urta qildiruvchining huquq va majburiyatlari mustahkamlangan.

Qonunda davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari manbalari, sug‘urta badali stavkasi, sug‘urta badallarini to‘lovchilar, davlat ijtimoiy sug‘urtasi moliyaviy barqarorligining davlat kafolatlari, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va amalga oshirish kabi qator masalalar nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, senatorlar tomonidan ushbu qonunning ayrim normalarini qayta ko‘rib chiqish va qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish lozimligiga e’tibor qaratildi. 

Xususan, qonunda vakolatli organning vakolatlari va vazifalari ochib berilmagan.

 Shuningdek, senatorlar tomonidan qonunda o‘ndan ortiq havolaki normalar mavjudligiga urg‘u berildi. Bu esa qonunning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga olib kelishi qayd etildi.

Bundan tashqari, qonun qabul qilinishi natijasida amaldagi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish masalasi qonunda nazarda tutilmagan.

Senatorlar ushbu kamchiliklar bartaraf etilishi lozimligi xususida o‘zlarining takliflarini bildirdi.

Muhokama natijalari bo‘yicha qonun senatorlar tomonidan rad etildi. Shuningdek, yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Ma’lumki, mamlakatimizda so‘nggi yillarda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Norma ijodkorligi faoliyatida huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilangan hamda huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.

Shu bilan birga, senatorlar huquqni qo‘llashda yagona amaliyotni ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi hamda aholi va tadbirkorlarning ortiqcha sarson bo‘lishiga sabab bo‘lgan ayrim normalarni huquqiy jihatdan tartibga solish zarurati yuzaga kelayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Mazkur qonun bilan 12 ta qonun hujjatiga, xususan, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Senatorlar o‘z chiqishlarida ushbu qonun jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinishini ta’minlashga va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga xizmat qilishiga e’tibor qaratdi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

So‘ngra yalpi majlisda “Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi қонuн muhokama qilindi.

Senatorlar tomonidan ushbu qonunni qabul qilish zaruratiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, islohotlar jarayonida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini raqamlashtirish, inson omilini kamaytirish, sud hujjatlarini ijro etishdan har qanday bo‘yin tovlashning oldini olish, fuqarolarning mol-mulki va pul mablag‘lari daxlsizligini kafolatlashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Ushbu qonunda ijro hujjatlari asosida auksion savdolarida sotilmagan mol-mulk undiruvchiga natura shaklda o‘tkazilayotganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi idora tomonidan qo‘yilgan barcha taqiqlar davlat ijrochisining qarori asosida bekor qilinishi belgilanmoqda. Bunda davlat ijrochisining qarori mol-mulkni taqiqlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lishi mustahkamlanmoqda.

Qonunni ishlab chiqishda bir qator ilg‘or davlatlarning qonunchilik tajribasi o‘rganilgani hamda inobatga olingani ta’kidlandi.

Qonun kreditorlarning garovga qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan huquqlari ustuvorligini ta’minlashga, mol-mulkka nisbatan qo‘yilgan ta’minlovchi choralar davlat ijrochisining qarorlari asosida bekor qilinishiga, kredit tashkilotlarining muammoli aktivlar ulushini kamaytirishga hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini samarali himoya qilishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Shundan so‘ng Senatning yalpi majlisida “Bozor islohotlari va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlari yanada jadallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qizg‘in muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo‘lishi doirasida milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish tashkilotga a’zo bo‘lishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Ushbu qonun bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash, realizatsiya qilish hamda tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi faoliyatini litsenziyalash tartibini joriy etish bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash, realizatsiya qilish hamda tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishga davlat boji miqdorlarini belgilash bilan bog‘liq qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Muhokama jarayonida senatorlar mazkur qonun qora va rangli metall parcha va chiqindilari hamda tabiiy gaz savdosi sohasiga xususiy sektorni va yangi innovatsiyalar hamda investitsiyalarni jalb etishga, shuningdek, raqobat va ochiq bozor muhitini yaratishga xizmat qilishi xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Shu bilan birga majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda ta’lim sifatini yanada yaxshilash, aholi barcha qatlamlarining ta’lim olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy kafolatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Senatorlar tomonidan qayd etilganidek, mazkur qonun ham ushbu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu boradagi ishlarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarning oldini olishga qaratilgan.

Qonun bilan kiritilayotgan asosiy o‘zgartirish shundan iboratki, “maktabdan tashqari ta’lim” atamasi ilg‘or xalqaro talablarga muvofiq  “qo‘shimcha ta’lim” atamasi bilan almashtirilmoqda.

Shuningdek, “qo‘shimcha ta’lim” atamasiga ta’rif berilib, u bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim va katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha ta’lim turlariga ajratilmoqda.

Bundan tashqari, davlat qo‘shimcha ta’lim muassasalari ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda tashkil etilishi nazarda tutilmoqda. Bunda bolalar uchun nodavlat qo‘shimcha ta’lim faoliyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini, katta yoshdagilar uchun esa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini xabardor qilish orqali amalga oshiriladi. 

Muhokama jarayonida senatorlar tomonidan ushbu qonunning qabul qilinishi ta’lim turlari bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyotida mavjud nomuvofiq holatlarni bartaraf etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda noshirlik faoliyati sohasini takomillashtirishga, sifatli adabiyotlarni chop etishni qo‘llab-quvvatlashga, kitobxonlik madaniyatini ommalashtirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Senatning o‘ninchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan muhokama qilingan “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun ham ana shu islohotlarning mantiqiy davomidir.

So‘nggi 4 yilda mamlakatimizda nashriyotlar soni 3,5 barobarga ko‘payib, 590 taga yetdi, shundan 90 foizini (531 ta) xususiy nashriyotlar tashkil etmoqda.

Bugungi kunga kelib nashriyotlarning ishlab chiqarish quvvati 2 barobar oshib, har yili o‘rtacha 11 ming nomda 40 million nusxada adabiyotlar nashr etilmoqda.

Sohani rivojlantirish maqsadida 25 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritilgan. Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan boshlab nashriyot korxonalari foyda solig‘ini to‘lashdan 5 yil muddatga ozod etildi.

Shu bilan birga, sohada vujudga kelayotgan yangi ijtimoiy munosabatlar, olib borilgan o‘rganishlar natijalari “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning ayrim normalarini takomillashtirish zarurati mavjudligini ko‘rsatmoqda.

So‘nggi paytlarda chop etilayotgan kitoblarda bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lmagan va ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan axborotlar aks etgani, ayrimlari amaldagi davlat standartlari talablariga mos kelmasligi, tarixiy faktlar noto‘g‘ri tarzda berilgani, noaniq va ilmiy isbotlanmagan ma’lumotlar bayon etilgani aniqlangan.

Mazkur qonun “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomini belgilashga, kitobxonlik madaniyatini rag‘batlantirishga qaratilgan tuzatishlar kiritishni nazarda tutadi.

Qonunda bosh muharrir nashriyot tahririyatining ijodiy faoliyatiga rahbarlik qilishi, nashriyotning mavzu rejalari ishlab chiqilishi hamda nashrlarning qonunchilik talablariga, noshirlik faoliyati sohasidagi texnik reglamentlar (milliy standartlar) talablariga muvofiq tayyorlanishi uchun mas’ul ekanligi belgilanmoqda.

Endilikda bosh muharrir lavozimiga oliy ma’lumotga va noshirlik faoliyatida kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi. Bosh muharrir tashkilotning muassisi (muassislari) yoki rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Bundan tashqari, nashriyot nashrlarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror bosh muharrir tomonidan qabul qilinishi, u nashriyotning ijodiy faoliyati uchun javobgar ekanligi kabi normalar mustahkamlanmoqda.

Shuningdek, qonun bilan kitobxonlikni rag‘batlantirish kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish va oshirish tamoyili sifatida belgilanmoqda.

Senatorlarning fikricha, ushbu qonun kitoblarni milliy standartlar asosida chop etishga, kitoblarda qonunchilik va ijtimoiy axloqqa zid mazmundagi axborotlarning tarqatilishining oldini olishga hamda jamiyatda kitobxonlik madaniyatini, nashriyotlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Senatning yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. 

Qayd etilganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda transport sohasini rivojlantirishga, tashishlarning xavfsizligini yuqori darajada ta’minlashga, transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, transportda tashishlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar va shartlarga amal qilinishi borasida tashuvchilarning mas’uliyatini oshirish, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda korrupsiyaga barham berish, transport sohasidagi nazoratning samaradorligini yanada oshirish uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, transport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzurida Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish talab etilmoqda.

Ushbu qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi hamda “Transport to‘g‘risida”gi qonunlarga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga hamda tashishlar samaradorligini va sifatini oshirish orqali yuk hamda yo‘lovchilar tashishdagi xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga temir yo‘l transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini hamda yo‘lovchilarni, bagajni va yuk bagajini tashish qoidalarini buzganlik uchun jarima solishga sabab bo‘lishini belgilovchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ta’kidlanganidek, 2023 yil davomida metropolitenda 172 million, yo‘lovchi poyezdlarda 9 million 300 ming yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, 2024 yilda metropolitenda 270 million, yo‘lovchi poyezdlarda 10 million 70 ming, shuningdek, avtomobil transportida 8 milliarddan ortiq yo‘lovchilarni tashishga erishildi. Bundan tashqari, 2024 yil davomida temir yo‘l transportida 102,7 million tonna yuk tashilgan bo‘lsa, avtomobil transportida 2 milliard tonnadan ortiq  yuk tashilgan.

Bu esa o‘z navbatida davlat nazoratini amalga oshirishda yo‘lovchi va yuklarni manziliga o‘z vaqtida xavfsiz yetkazish, ularga xizmatlar ko‘rsatish jarayonining uzluksizligi, sifatliligi, barqarorligi va ishonchliligini ta’minlash lozimligini taqozo etmoqda. 

Amaldagi qonunchilikda temir yo‘l tashishlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kamchiliklar va huquqbuzarliklar aniqlanganida Transport nazorati inspeksiyasi yuridik shaxsga nisbatan faqat ko‘rsatma berish huquqiga ega. 

Jumladan, temir yo‘l transporti hamda metropolitenda 2024 yilda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining qo‘pol buzilishi bilan bog‘liq 130 ta hodisa sodir etilgan. Natijada harakatdagi tarkib va temir yo‘l infratuzilmasiga qariyb 4 milliard so‘m moddiy zarar yetkazilgan. Xuddi shuningdek, mamlakatimiz avtomobil yo‘llarining tartibga solinmagan temir yo‘llari kesishmalarida poyezdlar hamda avtotransport vositalari ishtirokida 2024 yilda 38 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan va buning oqibatida 11 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Shu bois Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi 1131-modda bilan to‘ldirilib, tashishlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qoida va talablarni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.

Muhokama qilinayotgan qonun bilan xalqaro va shaharlararo avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.

Senatorlar tomonidan qonun transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga hamda yuk va yo‘lovchilar tashishdagi xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Muhokamadan so‘ng qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisining birinchi ish kuni yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi 

Oliy Majlisi Senatining

Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi to‘g‘risida AXBOROT