Vatanimiz tarixidagi 15 aprel sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

Bugungi kasb bayrami O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 7 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan. Joriy yilda soha xodimlari o‘z kasb bayramlarini to‘rtinchi bor nishonlamoqdalar.

1395 yil (bundan 630 yil oldin) – Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi bo‘yida Amir Temur va Dashti Qipchoq hukmdori To‘xtamishxon o‘rtasida jang boshlandi. Umumiy qo‘shinlar soni 450–500 ming atrofida bo‘lib, jang 30–35 kilometrlik katta maydonda olib borildi. Amir Temurning yangi harbiy taktikasi – qo‘shinni yetti g‘ul (korpus)ga ajratish, yigirma yetti qo‘shindan iborat kuchli zaxira bo‘linma tuzish, kuchli markaz tashkil etish o‘z natijasini ko‘rsatdi. Biroq jangning birinchi kuni kutilmaganda Sohibqiron qo‘l ostida turgan qismlar dushman iskanjasiga tushib, Amir Temurning hayoti xavf ostida qoldi. Shunday vaziyatda ham Temur vaziyatni o‘z qo‘liga oldi.

Uch kun davom etgan shafqatsiz olishuv tufayli tinkasi qurigan Dashti Qipchoq armiyasi qarshilikni bas qiladi va uzil-kesil mag‘lubiyatga uchraydi. To‘xtamishxon janggohni xos qo‘riqchilari panohida tashlab qochishga muvaffaq bo‘ladi. Amir Temurning ushbu dahshatli to‘qnashuv vaqtida o‘ta tang vaziyatga tushib, undan faqat bor iste’dod, g‘ayrat hamda kuchni ishga solib sharaf bilan chiqib ketishi uning To‘xtamishxondek qudratli harbiy kuchga ega bo‘lgan, salohiyatli sarkardadan ustun kelganligini ko‘rsatadi.

1878 yil (bundan 147 yil oldin) – yozuvchi, olim, jamoat arbobi, Tojikiston Fanlar akademiyasi akademigi va birinchi prezidenti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi faxriy a’zosi Sadriddin Ayniy tavallud topdi (vafoti 1954 yil). U o‘z asarlarida tojik va o‘zbek adabiyotlarining ming yillik tarixiy taraqqiyotida yetishib chiqqan 200 dan ortiq shoir, tarixchi, olim, tazkiranavislar hayoti va ijodi haqida ma’lumot berdi. Samarqandda 1967 yilda Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi ochildi.

1909 yil (bundan 116 yil oldin) – adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi G‘ulom Karimov tavallud topdi (vafoti 1991 yil). Uning ilmiy faoliyati o‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganishga bag‘ishlangan. G‘ulom Karimov “Layli va Majnun”ning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlagan (1945). Navoiy, Muqimiy, Furqat, Almaiy, Nodim Namangoniy va boshqalarning ijodiga oid ma’lumotlarni, hayoti va ijodiy merosini to‘plagan, tadqiq etgan.  

1913 yil (bundan 112 yil oldin) – jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy “Samarqand” gazetasi chiqarila boshlandi. U Samarqand shahrida haftada 2 marta o‘zbek, fors va rus tillarida chiqqan. Noshiri va muxarriri – Mahmudxo‘ja Behbudiy. “Samarqand” gazetasida Turkiston o‘lkasi xalqlarining taraqqiyoti ko‘zlangan va jamiyatdagi islohotlarni yoqlovchi maqolalar hamda she’rlar chop etilgan.

Yevropa va AQSHda nashr etiladigan gazetalar va ularning o‘quvchilari haqida ham xabarlar berilgan. Hoji Muin, Munavvarqori, Fitrat, Kamiy, Saidrizo Alizoda, Siddiqiy-Ajziy, Nusratilla Qudratilla o‘g‘li (Milliy), Rojiy va boshqa jadid adiblarining asarlari e’lon qilib turilgan. Adadi 400–600 nusxadan iborat bo‘lgan. 1913 yil 17 sentyabrda 45-soni chiqqach, moddiy qiyinchilik sababli to‘xtagan.  

1920 yil (bundan 105 yil oldin) – Fayzulla Xo‘jayev muharrirligida “Uchqun” gazetasi chiqa boshladi. “Uchqun alangaga aylanadigan kun keladi” degan ibora gazetaga epigraf qilib olingan edi. U Toshkentda chop qilinib, Buxoroda maxfiy ravishda tarkatildi. Gazetaning jami 5 ming nusxadan 8 ta soni chiqdi.

1922 yil (bundan 103 yil oldin) – Milliy istiqlolchilik harakati yetakchilari Anvar Poshoning markaziy qarorgohi joylashgan Kofirnihonda to‘planib, kelajakdagi masalalar muhokama qilinadigan qurultoyga yig‘ildilar. Kobuldan sobiq amir Olimxonning vakili sifatida Sora Xo‘ja ham ishtirok etgan qurultoyda bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaror qilindi. Qurultoy tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar majmuasi 16 banddan iborat. 16-moddada “barcha harbiy va siyosiy harakatlarni boshqarish bir ovozdan Anvar Poshoga topshirildi” deyiladi. Anvar Poshoga rasmiy muhr berildi. Shunday qilib, Anvar Posho milliy kurash yetakchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

1943 yil (bundan 82 yil oldin) – Oliy Sovet Prezidiumining “Barcha temir yo‘llarda harbiy holat o‘rnatish haqida”gi maxsus qarori chiqib, unda temir yo‘llar harbiy holatga o‘tkazilganligi e’lon qilindi. Temir yo‘lchilar safarbar etilgan deb hisoblanib, temir yo‘l xodimlariga harbiylardek javobgarlik yuklatildi. Harbiy holat, birinchi navbatda, intizomga rioya etishni majbur qilib qo‘ydi. Temir yo‘lchilar jinoyat sodir etgan holatda, ular ishini harbiy tribunallar ko‘rib chiqadigan va ularga temir yo‘lchilarni jarima rotalariga yuborish huquqini beradigan vaziyat yuzaga keldi.

1950 yil (bundan 75 yil oldin) – Buxoro viloyatidagi Peshku va Namangan viloyatidagi Chortoq tumanlari tashkil etildi.  

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – Yevropa Ittifoqining Lissabon va Bryusselda 12 ta a’zo davlatlari tomonidan qabul qilingan Qo‘shma Deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini rasmiy ravishda e’tirof etdi.

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – ko‘p yillik samarali xizmati, respublikada estrada san’atini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi hamda jamoat hayotida faol qatnashayotganligi uchun O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

1999 yil (bundan 26 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – Samarqand shahrida Temir yo‘l vokzali – Sartepa yo‘nalishi bo‘yicha tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘ldi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh samarqandliklar bilan “Tarix muzeyi” bekatidan “Temir yo‘l vokzali” bekatigacha tramvayda birga keldi.  

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.  

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.  

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni