O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining q a r o r i
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 2-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 2-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
Q A R O R Q I L A D I :
- Mirzo-Ulug‘bek Elchiyevich Abdusalomov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi etib saylansin.
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi Baxtiyor Dexkonboyevich Miralimovning vakolati muddatidan ilgari tugatilsin.
- Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi T.Norboyeva
Toshkent shahri,
2021 yil 5 fevral