O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o‘z faoliyatini “Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada rivojlantirish hamda ushbu sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash maqsadida:

1. Jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi ilg‘or xorijiy va milliy tajribalar asosida ishlab chiqilgan hamda aholini har qanday tahdidlardan kafolatli himoya qilishga qaratilgan:

O‘zbekiston Respublikasijamoat xavfsizligi konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda – Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda – Strategiya) 2-ilovaga muvofiq;

2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda – “Yo‘l xaritasi”) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Konsepsiya, Strategiya va “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan mas’uliyat jamoat xavfsizligini ta’minlovchi davlat organlarining shaxsan birinchi rahbarlariga yuklatilsin.

2. Konsepsiya va Strategiyani bosqichma-bosqich amalga oshirishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:

Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov) – 2023-2025 yillarda har yili jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy qilish bo‘yicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi manzilli chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin hamda ijrosini qat’iy nazoratga olsin;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi (V.V.Maxmudov) – har yarim yilda davlat organlari rahbarlarining “Yo‘l xaritasi” va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli chora-tadbirlar dasturlari ijrosi, shu jumladan, mazkur dasturlarning hududlar kesimida amalga oshirilishi yuzasidan hisobotlarini eshitish va tanqidiy muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.

3. Belgilansinki:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda hamda istirohat bog‘lari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlashni tashkil etish bevosita Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi;

2022-2023 yillarda tuman ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy bo‘linmalari bosqichma-bosqich viloyat ichki ishlar organlarining bevosita bo‘ysunuviga o‘tkazilib, yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat o‘tash tamoyiliga muvofiq qayta tashkil etiladi.

Milliy gvardiya (R.M.Jo‘rayev):

Adliya vazirligi (R.Q.Davletov) bilan birgalikda bir oy muddatda jamoat tartibini saqlash sohasida sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati ichki ishlar organlari bilan bir qatorda Milliy gvardiyaga berilishi bo‘yicha qonun loyihasini kiritsin;

bir oy muddatda hududlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda jamoat tartibini saqlash faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida 2022 yilda Namangan, Farg‘ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlaridagi, 2023 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi Milliy gvardiyaning harbiy qismlarida muddatli harbiy xizmatni kengaytirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.

Ichki ishlar vazirligi (P.R.Bobojonov, B.T.Abdullayev):

Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda hududlarning kriminogen vaziyati va aholi zichligidan kelib chiqqan holda tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalarini tashkil etish me’yorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2022 yil 1 martga qadar tasdiqlangan me’yorlarga asosan mahalliy byudjet hisobidan kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalarini tashkil etish choralarini ko‘rsin;

2022 yil 1 mayga qadar byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ichki ishlar organlari konvoy faoliyatiga konvoy ostidagi shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimini joriy etsin.

4. Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Jamoat xavfsizligi departamenti (keyingi o‘rinlarda – Departament) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin:

ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi bo‘linmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, kompleks tahlil qilish hamda ularga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;

jamoat tartibini saqlash faoliyatini tashkil etish, jamoat joylarida aholining xavfsizligini ta’minlashda ichki ishlar organlari kuch va vositalarini samarali boshqarish choralarini ko‘rish;

ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyatini ta’minlash, profilaktik hisob va ma’muriy nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish ishlarini tashkil etish;

voyaga yetmaganlar va yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qismi bilan manzilli tarbiyaviy va profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish orqali ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish;

yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish, yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, transport vositasini boshqarishga doir cheklovlarga rioya etilishini nazorat qilish;

ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etishni ta’minlash, probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini nazorat qilish, ijtimoiy moslashtirish va qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish ishlarini tashkil etish.

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari B.T.Abdullayev zimmasiga jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi joriy etilayotgan boshqaruv tizimini samarali yo‘lga qo‘yish hamda Departamentning asosiy vazifalari o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.

5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Departament Strategiya, “Yo‘l xaritasi” va Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan mamlakatda jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar dasturlarining amalga oshirilishi doirasida:

muntazam monitoring olib borib, belgilangan chora-tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni tegishli davlat organlariga kiritadi;

jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida erishilgan natijalar va aniq ko‘rsatkichlar aks ettirilgan batafsil axborotni doimiy ravishda keng jamoatchilikka yetkazib boradi;

har chorakda umumlashtirilgan hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi hamda har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi muhokamasiga taqdim qiladi.

6. Belgilansinki:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari majlislarida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining o‘rinbosarlari – jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari tomonidan har chorakda jamoat xavfsizligi yuzasidan hisobot berish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda ko‘rilayotgan choralarning natijalarini tanqidiy muhokama qilib, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish amaliyoti joriy etiladi;

respublikada jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelganda vakolatli idoralarning harakatlarini umumiy muvofiqlashtirish vazifasi Departament zimmasiga yuklatiladi hamda uning qoshida yagona idoralararo boshqaruv shtabi tashkil etiladi;

Departament boshlig‘i ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan jamoat xavfsizligini ta’minlash tadbirlarining yagona muvofiqlashtiruvchisi hisoblanadi;

Departament va uning hududiy bo‘linmalari tarkibiga jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi va probatsiya xizmatlari kiritiladi.

vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda alohida sharoitlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mavjud kuch va vositalarni tezkor va yagona idoralararo boshqarish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;

ichki ishlar organlari profilaktika va probatsiya inspektorlari, patrul-post va yo‘l-patrul xizmati xodimlarining faoliyatini baholash tartibini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin va samaradorlik indikatorlarini o‘z ichiga oluvchi reyting tizimini joriy etsin.

7. Mahallada jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar maqbullashtirilsin va ularning yagona ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

profilaktika inspektorlarini ularning vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlarga jalb qilish hamda faoliyatiga asossiz aralashish taqiqlanadi;

2024 yil 1 sentyabrdan e’tiboran Toshkent shahar ichki ishlar organlari, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab qolgan hududiy ichki ishlar organlari profilaktika katta inspektori lavozimlariga faqat oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlar tayinlanadi;

profilaktika inspektorlari uchun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi sirtqi ta’limiga qabul qilinadigan xodimlar umumiy sonining kamida yigirma besh foizi miqdorida qabul kvotasi ajratiladi;

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar organlaridan ikkitadan, qolgan hududiy ichki ishlar organlaridan bittadan profilaktika inspektori Departament boshlig‘i taqdimnomasiga asosan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining sirtqi ta’limiga imtihonlarsiz qabul qilinadi hamda bepul o‘qitiladi.

Ichki ishlar vazirligi (B.T.Abdullayev, A.I.Ikramov) ikki oy muddatda profilaktika inspektorlarining hududda, xususan shahar va qishloq sharoitida faoliyat olib borishi bo‘yicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi modellarni amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rsin va ular bo‘yicha o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘ysin.

8. Belgilansinki:

probatsiya inspektorlarining faoliyati hududiy profilaktika inspektorlari bilan kunlik uzluksiz hamkorlikda tashkil etiladi;

probatsiya inspektorlari zimmasiga profilaktik hisob va ma’muriy nazoratdagilarning shaxsini o‘rganish va ularni ijtimoiy moslashtirish ishlarida profilaktika inspektorlariga amaliy-uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklanadi.

9. Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining probatsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha quyidagi takliflari ma’qullansin:

probatsiya nazoratidagi shaxslarga o‘rnatiladigan cheklovlar doirasini, cheklovlarga rioya etishni ta’minlash va nazorat qilishning mexanizmlarini aniq belgilash;

probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan yuritiladigan hujjatlarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, ularga nisbatan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi va asoslarini belgilash;

probatsiya nazoratidagi shaxslarga ijtimoiy-psixologik yordam berish hamda kasb-hunar o‘rganish va ishga joylashishda ko‘maklashish tadbirlarini, mutasaddi organlarning vazifalarini aniq belgilagan holda, yakka tartibdagi ijtimoiy moslashtirish dasturi asosida amalga oshirish;

probatsiya nazoratidagi shaxslar ijtimoiy-psixologik portretining yagona shaklini, ularni toifalarga ajratish mezonlarini, yangi jinoyat sodir etishning oldini olish tartibini belgilash.

Ichki ishlar vazirligi (P.R.Bobojonov), Bosh prokuratura (N.T.Yo‘ldoshev) ikki oy muddatda mazkur farmonni inobatga olgan holda ilg‘or xorijiy tajriba asosida “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.

10. Ichki ishlar vazirligi (P.R.Bobojonov), Milliy gvardiya (R.M.Jo‘rayev) ikki oy muddatda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning shaxsiy tarkib va uning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishga doir barcha qonun va qonunosti hujjatlarning normalarini yagona normativ-huquqiy hujjatda aks ettiruvchi hamda ijtimoiy himoya choralarini qo‘llashning aniq va to‘liq mexanizmlarini belgilovchi Hukumat qarorlari loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

12. Ichki ishlar vazirligi (P.R.Bobojonov) manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

ichki ishlar organlarining hududiy patrul-post xizmati tarkibida o‘z mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich otliq otryadlarni tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

qonunchilikka ushbu farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. Mazkur farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul etib ichki ishlar vaziri P.R.Bobojonov va Milliy gvardiya qo‘mondoni R.M.Jo‘rayev belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi B.D.Islamov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti           Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021 yil 29 noyabr 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida