Vatanimiz tarixidagi 6 aprel sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan aprel oyining birinchi yakshanbasi mazkur soha xodimlari kuni etib belgilandi. Geologiya sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy ustunlaridan biri bo‘lib, mamlakatimizning tabiiy boyliklarini o‘rganish, aniqlash va o‘zlashtirish orqali uning rivojlanishiga katta hissa qo‘shmoqda. Geologlar kuni esa soha xodimlarining mashaqqatli mehnatini munosib taqdirlash va ularga nisbatan ehtirom ifodasidir.

943 yil (bundan 1082 yil oldin) – Somoniylar sulolasi hukmdori Nasr o‘pka xastaligi tufayli 13 oylik betoblikdan so‘ng vafot etdi. Boshqa bir xabarlarga ko‘ra, Nasr ham otasi Ahmad kabi qullar tomonidan o‘ldirilgan. Uning vafoti sanasi borasida manbalarda turlicha ma’lumotlar uchraydi. Tarixchi Abu Sa’d Sam’oniyning “Kitob al-ansob” asarida Nasrning 943 yil 6 aprelda vafot etgani ko‘rsatiladi. 

Tarixchi Narshaxiy bu sanani aprelning o‘rtalarida, 943 yilda sodir bo‘lgan deb beradi. Tarixchi Ibn al-Asir Nasrni 943 yilning mart-aprel oyida, o‘lgan deb hisoblaydi. Tarixchi Poyon Ravshanovning yozishicha, akademik Vasiliy Bartold bu muarrixlar ma’lumoti orasida Sam’oniy ko‘rsatgan 943 yil 6 aprel sanasini eng to‘g‘risi, deb yozadi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Nasr sakkiz yoshida taxtga o‘tirgan. U davlatni qariyb o‘ttiz yil davomida boshqargan. Bu davrda somoniylar sulolasi ichida taxt uchun kurashlar kuchaygan. Nasr tirikligi paytida taxtni o‘g‘li Nuhga topshirgan.

1404 yil (bundan 621 yil oldin) – Amir Temur o‘zi egallagan hududlarning bir qismini yigirma bir yoshli nabirasi amirzoda Umarga topshirdi. Bu haqda tarixchi Xondamir quyidagicha qayd etadi: “...muzaffar Sohibqiron Ardabil atrofida Iroqi Ajam, Ozarbayjon, Arron, Mug‘on, Gurjiston, Armaniya va ularga taalluqli yerlarni amirzoda Umar ibn Mironshoh Mirzoga topshirdi va humoyun qizil tamg‘asi bilan muhrlangan jahon yorlig‘ini shahzodaga in’om kilib, oliy farmon bilan Fors va Iroqayn hokimlari amirzoda Umarning chaqirig‘iga tayyor bo‘lib turishini, ulug‘ amirlardan Amir Jahonshox, Joku, Amir Rustam, Amir Muso, Amir To‘kal Yodgor Barlos va Junayd Buruldayni uning xizmatiga tayinladi”. 

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – Turkiston hukumatining qarori bilan vaqtinchalik kredit chiptalari muomalaga kiritildi. Ular norasmiy “turkbon” nomini oldi. Ushbu qarorda quyidagilar ta’kidlangan edi: “Davlat bankining Toshkent bo‘limi tomonidan chiqarilayotgan ketma-ketlik tartibidagi 50, 25, 10, 5, 3, 1 rubl qiymatiga ega vaqtinchalik pul nishonlari Turkiston o‘lkasining beshta viloyati hududida erkin harakatga ega, davlat kredit chiptalari qatori davlat va jamoa muassasalari, shuningdek, xususiy firma va shaxslar tomonidan qabul va to‘lov qilinishi majburiydir”.

Tarixchi R.To‘xtayevaning qayd etishicha, Turkiston respublikasi tarixida “turkbon”larning chiqarilishi muhim voqea bo‘lib, iqtisodiy hayotni qisman izga tushirishga yordam berdi va o‘lka xalq xo‘jaligining pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini imkon qadar qondirdi. Turkiston bozorlarida bu davrda xilma-xil pul birliklari qo‘llanilgan bo‘lsada, ammo “turkbon” pullari davlat bankining Toshkent bo‘limi tomonidan chiqarilgan mahalliy pul birligi sifatida ahamiyatli bo‘ldi. 1921 yilda “turkbon”lar muomaladan chiqarilib, umumfederal sovet pul belgilari muomalaga kiritildi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lganligi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlikka bag‘ishlangan Xelsinki Kengashining yakunlovchi hujjatlarini tasdiqlaganligi hamda inson huquqlariga rioya etish yuzasidan xalqaro huquqiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olganligi munosabati bilan amnistiya e’lon qilindi.

1995 yil (bundan 30 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallarini, plankalardagi orden lentalari, medal lentalarini taqib yurish qoidalarini hamda orden va medallar lentalarining tavsifini tasdiqlash haqida”gi farmoni qabul qilindi.

2000 yil (bundan 25 yil oldin) – Navoiy viloyati hududida bentonit gil koni topildi.

2016 yil (bundan 9 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Islom hamkorlik tashkiloti Ustavini (Dakar, 2008 yil 14 mart) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan san’atkorlarni hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Zomin» turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni