Hurmatli yoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 apreldagi 241-son qaroriga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish bo‘yicha TANLOVDA ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganligini e’lon qilamiz.
Tanlovda mazkur qaror talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va/yoki o‘tayotgan, shu jumladan, harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, erkak jinsidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yaroqli deb topilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun my.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali joriy yilning 10 noyabr sanasiga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma yuqoridagi veb-saytda keltirilgan.
Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi