O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

Moliya va soliq sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF–5953-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi negizida Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut (keyingi o‘rinlarda – Institut) tashkil etilsin.

2. Institutda kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilansin:

soliqqa tortish va moliyaviy nazorat sohalari uchun bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni kredit-modul tizimi asosida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish;

kadrlar tayyorlash borasida xorijiy davlatlarning soliq organlari va o‘quv muassasalari bilan tajriba almashishni kengaytirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;

byudjet daromadlarini shakllantirishda davlat manfaatlarini hamda soliq to‘lovchilarning huquqlarini ta’minlay oladigan kadrlarni tarbiyalash;

soliq organlari uchun ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va avtomatlashtirilgan tahlil uslublari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;

soliqqa tortish hamda moliyaviy nazorat sohalarida amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqotlar olib borish natijasida innovatsion loyihalarni joriy etishni kengaytirish;

malakali kadrlar tayyorlashni buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning zamonaviy usullari, xalqaro soliqqa tortish, transfert narxlarni belgilash, tavakkalchiliklarni tahlil qilish, biznes-tahlil texnologiyalari (Business Intellegence) va soliq ma’muriyatchiligida ilg‘or axborot texnologiyalarini (Big Data) qo‘llash asosida tashkil etish;

o‘quv jarayonida o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, shu jumladan, pedagogik va axborot texnologiyalarini, masofaviy ta’limni, o‘qitish va treninglarni interfaol hamda muammoli-vaziyatli uslublarini keng joriy etish, talaba, tinglovchi va pedagog kadrlarning global axborot-huquqiy hamda ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

3. Belgilab qo‘yilsinki, Institut:

soliqlar va soliqqa tortish sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi;

moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek, iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kadrlar tayyorlash va yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini ta’minlaydigan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

4. Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan Institut tuzilmasida mazkur universitetning bo‘linmasini (fakultetini) tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universitetining Institut tuzilmasidagi bo‘linmasi (fakulteti) moddiy-texnik ta’minoti joriy yilda Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tushgan mablag‘lar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

5. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Belgilansinki:

Institut Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazining barcha huquq, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining (ish beruvchilar) ehtiyojlaridan kelib chiqib, kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos bo‘lgan yo‘nalishlar doirasida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida sirtqi ta’lim shaklida o‘qitish tashkil etiladi. Bunda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘qishi uchun to‘lov ish beruvchining xodim (abituriyent) bilan kelishilgan shartnomasiga muvofiq belgilangan shaklda amalga oshiriladi;

Institutda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun ta’lim jarayoni bevosita soliq organlari ma’muriy binolarida tashkil qilinadi;

Institut rektori, prorektorlari, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari va professor-o‘qituvchilari lavozim maoshlari – oliy ta’lim muassasalarining, ilmiy xodimlarining lavozim maoshlari esa – ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorida belgilanadi;

Institut boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi va boshqa xodimlarining lavozim maoshlari Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash miqdorlarida belgilanadi;

Institutning rahbar, boshqaruv xodimlari va professor-o‘qituvchilari tarkibiga Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarining tegishli toifalari uchun xizmatni o‘tash va mukofotlarni to‘lash tartiblari tatbiq etiladi.

7. Davlat soliq qo‘mitasi 2021 yil 1 martga qadar Institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga yuqori malakali xorijiy mutaxassis tayinlanishini ta’minlasin.

8. Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Farg‘ona va Toshkent soliq kollejlarini Institut huzuridagi Farg‘ona va Toshkent soliq texnikumlari etib qayta tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

9. Institutda kadrlarni tayyorlashga buyurtma shakllantirishning shunday tartibi joriy etilsinki, unga muvofiq:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari har yili belgilangan muddatlarda ish beruvchilarning Institut tomonidan tayyorlanadigan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari haqidagi ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim qiladi;

Institutga qabul parametrlari belgilangan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavr va magistrlarga bo‘lgan ehtiyojni hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida tahlil qilish asosida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan mustaqil belgilanadi;

mulkchilikning barcha shakllaridagi tashkilotlar, shu jumladan, tadbirkorlik sub’ektlari Institut va uning huzuridagi soliq texnikumlari tomonidan tayyorlanadigan kadrlarga buyurtmani shakllantirishda ishtirok etishga, xususan, kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun to‘lovni, ular tomonidan o‘qishni tugatganidan so‘ng, shartnomada belgilanadigan muddat davomida tashkilot-buyurtmachida uzluksiz ishlash majburiyatini qabul qilgan holda, amalga oshirishga haqli.

10. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;

xo‘jalik faoliyatidan va shartnomalar asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

11. Institut rektoriga va soliq texnikumlari direktorlariga mazkur muassasalarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xodimlarga ularning ish hajmi va samaradorligini hisobga olgan holda lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha oylik ustama belgilash huquqi berilsin.

12. Institutga o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalari ega bo‘lgan huquqlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlar berilsin:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda ta’lim yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritish, o‘quv rejalari va dasturlarini hamda bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash;

yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

kredit-modul tizimini o‘quv jarayoniga joriy etish borasida professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini mustaqil me’yorlashtirish, shuningdek, pedagog xodimlar tomonidan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, “ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha ishlarning bajarilishini rag‘batlantirib borish;

xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar – Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education va Academic Ranking of World Universities reytinglarining barchasida bir vaqtda birinchi 1 000 ta o‘rinni egallagan oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlaridan foydalangan holda o‘qitishni tashkil etish;

ta’limning uzluksizligi va izchilligini ta’minlashni hisobga olgan holda Institut huzuridagi soliq texnikumlarining o‘quv-uslubiy jarayonini muvofiqlashtirish, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, qabul parametrlari va ta’lim yo‘nalishlarini belgilash;

soliq texnikumlari pedagog xodimlari mehnatini me’yorlashtirish;

Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash;

o‘qish uchun to‘lov miqdorini o‘rnatgan holda Institut bakalavriat
va magistraturasiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul parametrlarini belgilash;

Institut ilmiy faoliyatiga va o‘quv jarayoniga o‘qituvchilar va mutaxassislarni, shu jumladan, chet ellik olimlarni shartnoma asosida jalb qilish;

Institut va uning huzuridagi soliq texnikumlarida nomutaxassislik fanlarini o‘qitish va fakultativ mashg‘ulotlar o‘tkazishni autsorsing shartlarida tashkil etish;

davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi barcha turdagi, shu jumladan, Institut va uning huzuridagi soliq texnikumlarining bino va inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha kelishuvlarni tuzish va amalga oshirish;

Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda moliya yili uchun Institut va uning huzuridagi soliq texnikumlarining daromadlar va xarajatlar smetasini, shtat jadvalini, biznes-rejasini tasdiqlash, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, xodimlariga ish haqini to‘lash tizimi va tartibini belgilash.

13. Institut Davlat soliq qo‘mitasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:

a) Institutni o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublarini qo‘llash ko‘nikmalariga hamda amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, shuningdek, xorijda tajriba orttirgan malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;

b) tegishli fanlar bo‘yicha yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlashning kompleks dasturi ishlab chiqilishini ta’minlasin;

v) bitiruvchilarga nisbatan malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

o‘quv jarayonini ilg‘or xalqaro tajribani, talabalarda til tayyorgarligini, tahlil qilish qobiliyatini, tizimli tahlil va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan talablarni hisobga olgan holda tashkil etish;

ixtisoslik fanlari o‘quv yuklamasida amaliy mashg‘ulotlar hajmini trenajyor-imitatsion va dasturiy komplekslarni qo‘llash hisobiga oshirish va amalga oshirilishini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish;

g) quyidagilarni:

Institut xodimlarining stajirovka o‘tash tartibini;

Institut lavozimlarini ichki idoraviy rotatsiya asosida egallash tartibini;

Institut professor-o‘qituvchilarining o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyati bo‘yicha vaqt me’yorlarini, shuningdek, o‘quv yuklamasini belgilash to‘g‘risidagi nizomni;

Institut talabalari tomonidan malakaviy amaliyot va magistrlar tomonidan ilmiy stajirovkani o‘tash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

14. Innovatsion rivojlanish vazirligi Davlat soliq qo‘mitasining takliflari asosida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq amaliy va innovatsion loyihalarning tanlovlar asosida shakllantirilishini ta’minlasin.

15. Davlat bojxona qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda talabalarning sohaviy vazirlik va idoralarning tegishli bo‘linmalarida malakaviy amaliyotini tashkil etishda Institutga har tomonlama amaliy ko‘mak ko‘rsatsin.

16. Davlat soliq qo‘mitasi Institutning zamonaviy o‘quv binosi, kutubxona, faollar zali, sport zali va yotoqxona binosini qurish, shuningdek, mavjud binolarni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha buyurtmachi etib belgilansin.

17. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Davlat soliq qo‘mitasining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq 2021 yil va kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institut binolarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.

18. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Toshkent shahar, Uchtepa tumani Kichik halqa yo‘li, 3-uydagi binolari Institutga operativ boshqarish huquqi asosida berilsin.

19. Davlat soliq qo‘mitasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

         Prezidenti                        Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2020 yil 4 noyabr

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish to‘g‘risida