Nur-Sulton shahrida Davlatimiz rahbarining ushbu mamlakatga davlat tashrifi arafasida O‘zbekiston-Qozog‘iston ishbilarmonlar kengashining navbatdagi, IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvda tomonlar logistika, tranzit tashuvlar uchun joriy qilingan narxlarni tushirish, sertifikatsiya, xom ashyoni arzonlashtirish kabi har ikki mamlakat va qardosh xalq uchun manfaatli bo‘lgan masalalarni muhokama qilishyapti. Shuningdek, qo‘shni davlatlarda biznes yuritish bo‘yicha tajriba almashish, eksport salohiyatini oshirish, axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqboli ham kun tartibiga qo‘yilgan.

Yig‘ilish ishtirokchilari ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlashlari uchun B2B shaklidagi uchrashuvlar maydoni ham yaratilgan.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo aylanmasi oxirgi 5 yilda ikki marta oshib, ayni payt 2.9 milliard dollarga yetgan. Joriy yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkich 4 milliard dollarni tashkil etishi kutilyapti. Pandemiyadan oldingi, ya’ni ya’ni 2019 yilning shu davrigacha bo‘lgan davrdagi holat bilan qiyoslaganda, o‘sish sur’ati 2 foizga teng.

Hozir Qozog‘istonning O‘zbekistonga eksportida neft va neft mahsulotlari, bug‘doy, un, kungaboqar yog‘i urug‘i, qora va rangli metall, noorganik kimyoviy mollar, oziq-ovqat yetakchilik qilmoqda. O‘z navbatida O‘zbekiston bu qo‘shni mamlakatga energiya tashuvchi moddalar (gaz), avtomobil, paxta tolasi, kimyoviy mahsulotlar va plastmassa, o‘g‘it, meva-sabzavot va boshqa turli tovarlar yetkazib beradi.

Eslatib o‘tamiz, ayni payt Qozog‘iston Respublikasi poytaxtidagi «Rixos President Astana» mehmonxonasida O‘zbekiston-Qozog‘iston ishbilarmonlar kengashining IV yig‘ilishi davom etyapti.

Temur MAMADAMINOV (surat), Nur-Sulton shahri, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Qozog‘iston ishbilarmonlar kengashining IV yig‘ilishi