O‘zbekiston - Qirg‘iziston savdo-investitsiyaviy hamkorligi infografikasi (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 30-iyul – 1-avgust kunlari ushbu mamlakatda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi.
Shu munosabat bilan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan so‘nggi 9 yildagi savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligi ko‘rsatkichlariga bag‘ishlangan ma’lumotlarni e’lon qildi.
2016–2025-yillarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 7 barobar o‘sib, 1,2 mlrd AQSH dollariga yetdi.
Eksport hajmi $771,1 mln.
Import hajmi $428,1 mln.
2025-yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 196,6 mln AQSH dollaridan oshdi. Qirg‘izistondan jalb qilingan investitsiyalarning jami hajmi esa 347,2 mln AQSH dollaridan ziyodni tashkil etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda Qirg‘iziston kapitali ishtirokidagi 374 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
<iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/huYnoLjHJZs" title="O‘zbekiston - Qirg‘iziston savdo-investitsiyaviy hamkorligi infografikasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA