“QNA” axborot agentligi Qatar Davlati Sho‘ro Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi parlamenti o‘rtasidagi do‘stlik guruhining videokonferensiya orqali uchrashuvi bo‘lib o‘tganini yoritdi.
Uchrashuvda Sho‘ro kengashidagi Qatar-O‘zbekiston parlamenti do‘stlik guruhi raisi Ahmad bin Hitmi Al-Hitmiy, O‘zbekiston tomonidan Senatdagi O‘zbekiston-Qatar do‘stlik guruhi raisi Abdulhakim Eshmurodov mamlakatlarimiz o‘rtasidagi bugungi aloqalar, xususan, parlament sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar xususida fikr bildirishgan.
Shuningdek, muloqotda davlatlarimiz o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashda o‘zaro hamkorlikni izchil kengaytirish va faollashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi hamda bunda parlamentlarning “Do‘stlik guruhlari” muhim o‘rin tutayotgani e’tirof etildi.
M.Pirmatova, O‘zA