O‘zbekiston – Qatar: media sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
O‘zbekistonning Qatardagi elchisi Ashraf Xodjayev 1978 yil tashkil etilgan, mamlakatdagi ingliz tilidagi uch gazetadan biri – “Gulf Times” (Ko‘rfaz vaqti) bosh muharriri Faysal Abdulhamid Al-Mudahka bilan uchrashdi.
Muloqot davomida jamoatchilikni O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi, sayyohlik salohiyati, sarmoyaviy imkoniyati haqidagi ma’lumotlardan xabardor qilishda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.


Elchimiz nashr rahbari bilan mamlaktimizni Qatar auditoriyasiga yanada yaqinroq tanishtirish maqsadida hamkorlik qilish, jumladan qo‘shma tadbirlar tashkil etish masalasini muhokama qildi.
Muharrama Pirmatova,
O‘zA