
Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov 23 aprel kuni 82 yoshida vafot etdi.
Hasan Norbekovich uzoq yillar xalq ta’limi tizimida ishlagan, keyinchalik «Nuroniy» jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi sifatida vatanimiz taraqqiyoti, yoshlar tarbiyasi hamda mehnat faxriylarini ijtimoiy himoya qilish ishlariga katta hissa qo‘shgan fidoyi inson edi.
H.Normurodov o‘zining samimiyligi bilan nafaqat viloyat, balki respublikamizda jonkuyar mehnat faxriysi sifatida katta hurmat, e’tibor qozongan.
U 2019 yilda Prezidentimiz farmoniga ko‘ra «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan edi.