O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasiga davlat tashrifi hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari norasmiy Maslahat uchrashuvining tadbirlarga boy dasturi yakunlandi. “Issiqko‘l” aeroportida mamlakatimiz yetakchisi va rafiqasini Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov varafiqasi kuzatib qo‘ydilar.
Davlatimiz rahbari Cho‘lponota shahrida qirg‘izistonlik hamkasbi bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, transport sohasida o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash, suv-energetika hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama hamkorlikni eng yuqori darajaga olib chiqadigan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi sammitning muhim natijasi bo‘ldi. Davlatlararo kengash tuzish yuzasidankelishuvga erishildi.

Shuningdek, davlat chegarasi, ijtimoiy himoya va pensiya ta’minoti, oliy ta’lim, fuqarolarning kelib-ketishi, madaniyat, turizm hamda agrosanoat majmuasi sohalariga oid salmoqli hujjatlar to‘plami almashildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 3 milliard dollarga yetkazish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li bo‘ylab infratuzilmani rivojlantirish hamda Qambarota-1 GESni barpo etish loyihasini jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Qirg‘iz Respublikasining oliy davlat mukofoti – I darajali “Manas” ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ham ishtirok etdi.Hamkorlikning institutsional asoslarini mustahkamlash, savdo va transport o‘zaro bog‘liqligini rivojlantirish, raqamli xizmatlarni kengaytirish, ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarga birgalikda qarshi kurashish hamda gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalariniqamrab oluvchi mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon qildi.

Tashrif doirasida davlat rahbarlari Qirg‘izistondagi ilk xalqaro toifadagigolf klubi, yangi besh yulduzli “Boku”mehmonxonasi hamda Issiqko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha chempionatning ochilish marosimlarida ishtirok etdilar.

Tadbirlar yakuniga yetgach, davlatimiz rahbari rafiqasi bilan Toshkentga jo‘nab ketdi.