Özbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibini qabul qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiyaga amaliy taşrif doirasida Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi.
Uçraşuv davomida joriy yil 11-noyabrdan öz lavozimiga kirişayotgan Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi oldida turgan ustuvor vazifalar, Özbekiston va taşkilot örtasidagi köp qirrali hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

Şuningdek, 2027-yilda Özbekistonda ötkazilişi rejalaştirilayotgan TDT sammitiga puxta tayyorgarlik köriş, uni yuqori taşkiliy saviyada va mazmunli ötkaziş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida davlatimiz rahbari Mirvohid Azimovni masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, uning Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi sifatidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar va samarali natijalar tiladi.