O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining birinchi kuni yakunida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida "Sea Breeze" dam olish majmuasi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif chog‘ida Kaspiy dengizining g‘arbiy sohilidagi ushbu yirik xalqaro sayyohlik markazi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbariga bu yerda yaratilgan sharoitlar, dam olish zonalari, plyajlar, sport maydonchalari, mehmonxonalar, kottejlar va turar-joy majmualari haqida ma’lumot berildi.

Loyiha zamonaviy "Kaspiy riverasi"ga aylangan. Kurort qariyb 500 gektar maydonni egallagan. Bu yerda 6,5 kilometrlik plyaj zonasi, 150 gektar maydonda yashil hududlar va dam olish ob’ektlari mavjud bo‘lib, 700 mingga yaqin daraxt va butalar ekilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti "Sea Breeze" kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi