O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17-may kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga jo‘nab ketdi.
Davlatimiz rahbari Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Shuningdek, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
