Özbekiston Prezidenti Ömonning yetakçi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ömon Sultonligiga davlat taşrifi davomida uşbu mamlakat Investitsiyalar agentligi prezidenti Abdusalom al-Murşidiy boşçiligidagi yirik biznes vakillarini qabul qildi.
Uçraşuvda Ömon Savdo-sanoat palatasi raisi Şayx Faysal al-Ravas, “SABCO Group” direktorlar kengaşi raisi Said Xolid bin Hamad al-Busaydiy, “Voltamp Energy” direktorlar kengaşi raisi Said Ayman al-Busaydiy, “Asyad Group” boş ijroçi direktori Abdurahmon bin Salim al-Hatmiy, “Zubair Corporation” kompaniyasi boşqaruvi kengaşi raisi Raşad Muhammad al-Zubayr, “UzOman” kompaniyasi rahbari Umar Bahrom iştirok etdilar.


Tadbirda Özbekiston – Ömon investitsiya kompaniyasi ustav kapitalini oşiriş, toğ-kon, “yaşil” energetika, elektrotexnika, kimyo, şaharsozlik, transport va logistika, infratuzilma, qişloq xöjaligi va boşqa istiqbolli yönalişlarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.


Ikki mamlakat tadbirkorlari örtasida töğridan-töğri muloqotni taʼminlaşda yangi taşkil etilayotgan Özbekiston – Ömon işbilarmonlar kengaşining faoliyati muhim örin tutişi taʼkidlandi.
Uçraşuv yakunida ilgari surilgan taşabbuslarni amalga oşiriş maqsadida qöşma işçi guruh tuziş va bajarilgan işlar natijalarini har çorakda muhokama qilib borişga kelişib olindi.
