Davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahrida Xitoyning yetakchi “BYD” kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurdi.

Ushbu kompaniya zamonaviy innovatsion avtomobillar va yangi avlod akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarish sohasida global peshqadamdir.

Tashrif chog‘ida kompaniya yutuqlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma, avtomobillar va boshqa turdagi texnikalarning ishlab chiqarilayotgan va istiqbolli modellari, kompaniyaning yangi texnologiyalari va ilg‘or ishlanmalari namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari kompaniya prezidenti Van Chuanfu bilan birga Jizzax viloyatida yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha loyihani ishga tushirishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.

Prezidentimiz yaqin istiqbolda bozordagi talabdan kelib chiqib modellar qatorini kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatini yiliga 300 ming donagacha oshirish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

Shuningdek, kompaniyaning mamlakatimizda “BYD” elektr avtobuslarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish, ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish va muhandislik-servis markazlarini tashkil etish borasidagi rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Tashrif chog‘ida kompaniya O‘zbekistonga 10 minginchi avtomobilini yetkazib berganining ramzi sifatida davlatimiz rahbariga YANGWANG U8 avtomobili hadya qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Jizzax viloyatida elektromobillar ishlab chiqarishga start berdi