Özbekiston Prezidenti iqlim integratsiyasini rivojlantiriş taşabbusini ilgari surdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev şu kunlarda Antaliya şahrida bölib ötayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida Jahon yetakçilari sammitining yalpi majlisida nutq sözladi.
Sammitda dunyoning 90 dan ortiq mamlakati davlat va hukumat rahbarlari, yetakçi xalqaro taşkilotlar va moliyaviy institutlar boşliqlari iştirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari nutqining avvalida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğanga samimiy mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirdi hamda Turkiya va Avstraliya hamraisligida ötayotgan konferensiyaga yuqori darajada tayyorgarlik körilganini eʼtirof etdi.

Mamlakatimiz yetakçisi taʼkidlaganidek, Özbekiston iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş böyiça global saʼy-harakatlarni izçil qöllab-quvvatlab kelmoqda hamda öz taraqqiyot modelini “yaşil” texnologiyalar asosida, tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda qurmoqda.

Xalqaro hamjamiyatning eʼtibori bu borada milliy miqyosda amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar va erişilgan natijalarga qaratildi.

Uglerod çiqarişni kamaytiriş doirasida mamlakatimiz yalpi içki mahsulot birligiga töğri keladigan gaz çiqindilarini 35 foizga qisqartiriş borasidagi maqsadini muddatidan oldin bajardi. 2035-yilga qadar uşbu körsatkiçni 50 foizga yetkaziş böyiça yangi marra belgilandi.

Sönggi ön yilda iqtisodiyotimizda suv sarfi deyarli ikki baravarga, havzalardan olinayotgan suv miqdori esa beşdan bir qismga kamaydi. Suğoriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovçi texnologiyalar joriy etildi.

Yerlarni qayta tiklaş böyiça olib borilgan keng kölamli işlar natijasida mamlakatimizda örmonlar maydoni olti million gektarga köpaytirildi, uning uçdan bir qismi Orolböyi hududiga töğri keladi.

Çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş strategiyasi hayotga izçil tadbiq etilmoqda.

Özbekistonda yuritilayotgan davlat siyosatida yoşlar masalasi markaziy örin tutişi alohida taʼkidlandi.

– Mamlakatimizda bolalarning ekologik tarbiyasi oila, mahalla va maktabdan boşlanadi. Yoş avlodga suvni tejaş, daraxtlarni parvariş qiliş, atrof-muhitni toza va ozoda saqlaş boğçadanoq örgatiladi, – dedi Özbekiston Prezidenti.
Yurtimizning har beşinçi fuqarosi maktab öquvçisi yoki talaba ekani qayd etildi. Bu esa 2050-yilga borib Özbekiston aholisining törtdan uç qismi tabiatga ğamxörlik ruhida taʼlim olişini anglatadi.
Prezidentimiz kelgusidagi qöşma saʼy-harakatlar borasida öz nuqtai nazarini bayon qilib, iqlim özgarişi bilan boğliq muammolarga heç bir davlat yakka özi yeçim topa olmasligini taʼkidladi.
– Markaziy Osiyoda muzliklarning erişi, suv tanqisligi, qurğoqçilik kabi xatarlarning kölami ortmoqda. Umumiy tahdidlar mintaqa davlatlaridan muştarak harakatlarni talab qiladi, – dedi davlatimiz rahbari.
Şu munosabat bilan mintaqaviy Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantiriş taşabbusi ilgari surildi. Uşbu yönalişdagi hamkorlikni uçta asosiy yönaliş böyiça boşlaş maqsadga muvofiqligi bildirildi.
Birinçisi – axborot yönalişi. Bu borada Jahon meteorologiya taşkiloti kömagida iqlim xavf-xatarlari töğrisidagi maʼlumotlar almaşinuvi infratuzilmasini yaratişga kirişiş taklif etildi.
Ikkinçisi – texnologik yönaliş. «Eco Expo» körgazmasini mintaqamizga mos zamonaviy ekologik yeçimlar beradigan doimiy investitsiya va texnologiyalar maydoniga aylantirişga tayyorlik bildirildi.
Uçinçisi – moliyaviy yönaliş. Mahalliy şaroit va ehtiyojlar hisobga olinadigan barqaror moliyalaştirişni taʼminlaş uçun taraqqiyot banklari va maqsadli jamğarmalar bilan birgalikda yangi kömak vositalari – imtiyozli grantlar, şuningdek, “moviy” va “arid” moliyalaştiriş mexanizmlarini işlab çiqiş taşabbusini ilgari surdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev sözining yakunida konferensiya iştirokçilarini iqlim integratsiyasi modelini amaliy mazmun bilan boyitişga çaqirdi hamda uşbu hayotiy muhim modelni dunyoning barça manfaatdor mintaqalarida qöllaşni taklif etdi.