O‘zbekiston Prezidenti G‘alaba monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Minsk shahriga kelgach, G‘alaba monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.
Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul askarlari tantanali ravishda yurib o‘tdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Mustaqillik saroyida O‘zbekiston va Belarus yetakchilari muzokara o‘tkazadilar.




