O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar yildan-yilga mustahkamlanmoqda. Pokiston mamlakatimizning nafaqat, Janubiy Osiyo va islom olamidagi, balki jahon miqyosidagi ishonchli hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ushbu mamlakat O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini birinchilardan bo‘lib, 1991 yilning 20 dekabrida tan olgan. O‘zaro diplomatik munosabatlar esa 1992 yil 10 maydan boshlab o‘rnatilgan.

O‘zbekiston iqtisodiy, siyosiy salohiyati yil sayin o‘sib borayotgan Pokiston bilan o‘zaro sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ayniqsa, so‘nggi yillarda katta ahamiyat bermoqda. Bugungi kunda davlatlarimiz mintaqada barqaror rivojlanish va integratsiyaning asosiy ishtirokchilari sifatida munosabatlarning strategik xususiyatini yanada kuchaytirmoqda. 

O‘zaro savdo va eksport ko‘rsatkichlari

Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar keyingi yillarda yangi bosqichga ko‘tarildi. 2019 yildagi 122 million AQSH dollarilik savdo aylanmasi 2023 yilga kelib 387 million AQSH dollariga yetdi. Ikki davlat rahbarlari tomonidan bu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingani sheriklikning ahamiyatini yanada oshiradi. Savdo munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun onlayn platformalar yaratish rejalashtirilgan. Shu tariqa eksportchi va importchilar muloqoti yengillashib, yangi savdo yo‘nalishlari ochiladi. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekiston Pokistonga 124,7 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilgan. Bu mahsulotlarning umumiy qiymati 192,3 million AQSH dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, Pokiston 2024 yilning O‘zbekiston eksport bozoridagi eng muhim sheriklardan biriga aylanib, savdo hajmi 300 million dollarga yetdi.

Savdo aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida “UzbekPak International Trading Centre” savdo uyi tashkil etildi. Ushbu markaz yurtimiz sanoati yutuqlari, jumladan, eng sara to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari namoyish etiladigan maydonchaga aylanmoqda. “Made in Pakistan” va “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmalari ham savdo va madaniy hamkorlik ko‘lamini kengaytirmoqda. 

Sarmoya uchun istiqbolli sohalar

O‘zbekiston sarmoyaviy muhit barqarorligi bilan ajralib turadi. Pokistonlik investorlar to‘qimachilik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati kabi sohalarga kirib kelishi uchun diyorimizda keng imkoniyat mavjud. 

Hukumatimiz turli sohalarda loyihalarni qo‘llab-quvvatlab, sarmoyadorlarga qulay shart-sharoit yaratmoqda. Ayni jarayonda ikki mamlakat tadbirkorlarining B2B uchrashuvlari muhim ahamiyat kasb etib, yangi sarmoyaviy loyihalar ilgari surilishiga zamin hozirlamoqda. 

Transport-logistika sohasidagi infratuzilmaviy loyihalar

O‘zbekiston va Pokiston transport-logistika yo‘nalishidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarmoqda. 2024 yil noyabr oyida Toshkent – Lahor yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi. Bu reys turli sohalardagi aloqalarni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. 

Toshkentdan Pokistonning ikkinchi yirik shahri – Karachiga havo orqali yo‘l ochish yuzasidan muzokara davom etmoqda.

TCS kompaniyasi bilan birga Toshkent va Karachi o‘rtasida samolyotda yuk tashishni tashkil etish rejalashtirilgan. Bu loyiha tarkibi tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini qisqa muddatda yetkazib berish imkonini beradi.

Logistika markazlari va infratuzilmani rivojlantirish

Termiz shahridagi “Termez Cargo Center” logistika xabi imkoniyatini kengaytirish yana bir muhim loyiha hisoblanadi. Afg‘oniston va Pokiston orqali tovar yetkazib berishda muhim ahamiyatga ega bu markaz hududida yangi omborxonalar qurish, xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilgan. “National Logistics Corporation” kompaniyasi bilan ushbu bazada yukni saqlash va qayta taqsimlash infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha kelishuv imzolangan. Yaqin kelajakda tovarlarni Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlariga tranzit qilish jarayoni ancha soddalashadi. 

Transafg‘on transport koridorining ahamiyati

Transafg‘on temir yo‘li Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘laydi. Jumladan, O‘zbekistonga Pokiston dengiz portlariga chiqish imkonini yaratadi. Natijada mintaqaviy savdo, iqtisodiy hamkorlik rivojlanadi. Temir yo‘lning uzunligi taxminan 760 kilometr bo‘lib, Termiz – Mozori – Sharif – Kobul – Peshovar bo‘ylab o‘tadi. Loyihaning umumiy qiymati 4,8 milliard dollarga baholanmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligidan ma’lum qilinishicha, hozir texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqilmoqda. Shu yil boshlanadigan qurilish ishlari kamida besh yil davom etadi. 

Transafg‘on temir yo‘li ishga tushgach, Pokistondan O‘zbekistonga yuk tashish muddati 35 kundan 3-5 kungacha qisqaradi. Shuningdek, bitta standart konteynerni tashish narxi qariyb uch barobar arzonlashishi kutilyapti. 

Moliyaviy hamkorlik va o‘zaro hisob-kitobni takomillashtirish 

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo hajmini oshirish maqsadida moliyaviy munosabatlarni yanada rivojlantirish, banklararo hisob-kitobni takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. 

2025 yil 5 yanvar kuni O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Davlat banki raisi Jamil Ahmad bilan uchrashdi. Muloqot davomida ikki tomonlama savdoni rag‘batlantirish maqsadida banklararo to‘lovlarni takomillashtirish masalasi muhokama qilindi. Ayrim tijorat banklari o‘rtasida muayyan aloqalar bo‘lsa-da, tadbirkorlik sub’ektlari turli xizmatlardan foydalanmayotgani ta’kidlandi. Bu holatni tahlil qilish zarurligi aytildi. 

Jamil Ahmad Pokistonda xorijiy banklar va davlatlar bilan to‘lov erkin amalga oshirilishini bildirdi. Mamlakat hududida faoliyatini yo‘lga qo‘yishni istagan o‘zbek banklariga dastlab vakolatxona ochish, so‘ngra filialni ishga tushirish tavsiya qilindi. Uchrashuvda Pokistonning ayrim davlatlar bilan barter tizimida ishlash tamoyili haqida ma’lumot berildi. Bu tizim o‘zaro savdoni yengillashtirishda samarali vosita bo‘lishi ta’kidlandi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik

2025 yil 3 yanvar kuni Karachi shahrida “UzbekPak International Trading Centre” savdo uyi va “UzbekPak Cultural Centre” madaniy markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi va “Diners Group” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan marosimda Karachi shahrining yirik tadbirkorlari, eksport-import korxonalari rahbarlari, biznes doiralari va turistik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. 

“Diners Group” rahbari Suhayl Moten ta’kidlashicha, savdo uyi va madaniy markaz mintaqaviy bog‘liqlikni qayta tiklash, o‘zaro savdo hajmini oshirish va investorlar uchun zarur ma’lumotlar taqdim etishga xizmat qiladi. 

Turizm va ta’limda almashinuv dasturlari

O‘zbekistonda tahsil olayotgan pokistonlik talabalar soni 2024 yilda 1 ming 300 nafardan oshdi. Bu ko‘rsatkich ikki davlat o‘rtasida ta’lim almashinuvi rivojlanib borayotganini ko‘rsatadi. Sohadagi hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida o‘quv va tadqiqot dasturlari joriy etilmoqda. Pokistonlik talabalar oliy o‘quv yurtlarimizda tibbiyot, muhandislik va gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olish imkoniga ega. 

Turistik oqimni rag‘batlantirish maqsadida ikki davlat o‘rtasida viza tartibi yengillashtirildi. O‘zaro ta’lim dasturlari doirasida O‘zbekiston va Pokiston universitetlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolangan. 

–O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan pokistonliklar uchun viza rasmiylashtirish tartibi soddalashtirilgani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilayotgani jamiyatimiz uchun quvonarli hodisa sifatida qayta tiklanayotgan aloqalarimizga yangicha mazmun baxsh etadi, – deydi faxriy konsul Najib Vohra. – Ishbilarmonlar uchun vaqt eng qimmatbaho ne’mat, qayta tiklanmas resurs hisoblanadi. Biznes doira vakili sifatida ishonch bilan ayta olamanki, ochilayotgan yangi havo yo‘llari ikki mamlakat tadbirkorlarining qimmatli vaqtini tejab, aloqalarni jadallashtiradi va yangi qo‘shma loyihalarga zamin yaratadi. 

Pokiston O‘zbekistonni doimo qo‘llab-quvvatlaydi

Ikki davlat bir qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda, bir-birining mavqelarini faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu hamkorlik, ayniqsa, BMT, SHHT, Islom hamkorlik tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti kabi qator tashkilotlar doirasida ikki mamlakatning o‘zaro taklif va tashabbuslarini ma’qullash orqali amalga oshirilayotgani e’tiborlidir. Pokiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu borada 2024 yil 6 dekabr kuni O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida memorandum imzolandi. Ushbu hujjat JSTga qo‘shilish jarayonida O‘zbekiston tomonidan olib borilayotgan islohotlar, xalqaro savdo tizimiga integratsiya bo‘yicha mamlakatning jiddiy sa’y-harakatlari tan olinishini tasdiqlaydi. Memorandumga O‘zbekiston Prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov va Pokistonning JSTdagi doimiy vakili Ali Sarfroz Husayn imzo chekdi. 

Multimodal transport yo‘lagi

O‘zbekiston, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Pokiston orqali o‘tuvchi multimodal transport yo‘lagini yaratish bo‘yicha kelishuv 2024 yil ratifikatsiya qilindi. Bu loyiha orqali yuk tashish jarayoni osonlashadi, vaqti qisqaradi. 

Muqobil transport yo‘nalishlari

2025 yilga qadar O‘zbekiston transport va logistika tizimini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib borishni rejalashtirmoqda: 

 Turkmaniston – Eron – Turkiya – Yevropa Ittifoqi;  Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Yevropa;  O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston; O‘zbekiston (Andijon) – Qirg‘iziston (O‘sh, Irkeshtom) – Xitoy (Qashqar). 

Bu yo‘nalishlar xalqaro savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilish va transport-logistika salohiyatini oshirishga yordam beradi. 

Muxtasar aytganda, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklikning mustahkamlanishi mintaqa barqarorligi va taraqqiyotida  muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, har ikki davlatning iqtisodiy  rivojiga xizmat qiladi. 

Abduaziz XIDIROV,

 O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Pokiston: strategik sheriklik va mintaqaviy integratsiya istiqbollari