“Özbekiston poçtasi” Umumjahon poçta ittifoqining “Kumuş” sertifikatini qölga kiritdi
“Özbekiston poçtasi” AJ Umumjahon poçta ittifoqining (UPI) xavfsizlik standarti böyiça "Kumuş" darajadagi sertifikatiga ega böldi.
Tegişli qaror UPI ekspertlarining 2026-yil mart oyida UzPost va uning obʼektlarida ötkazgan örganiş xulosalariga köra qabul qilingan.
UPI’ning navbatdagi sessiyasida UzPost’ga mazkur sertifikat rasman topşirilgani eʼtirof etildi. Sertifikat kompaniyaning “Xalqaro poçtamt” filiali hamda Aviapoçta va matbuotga işlov beriş uçastkasidagi jarayonlarni örganiş yakunlariga köra berildi. Sertifikatni oliş uçun UzPost UPIning ikkita standarti — S58 “Umumiy xavfsizlik çoralari” va S59 “Xalqaro poçta almaşinuvi va aeroport qoşidagi ayriboşlaş obʼektlari xavfsizligi” böyiça barça amaliy va texnik talablarni bajardi.
Tayyorgarlik davrida obʼektlarning texnik va infratuzilma xavfsizligi tubdan körib çiqildi. Nazorat va skanerlaş tizimlari modernizatsiya qilindi hamda xodimlarning operatsion tayyorgarligi oşirildi. Sertifikat Özbekiston orqali ötuvçi xalqaro poçta va logistika zanjirining xavfsizligi jahon standartlariga javob berişini tasdiqlaydi. Bu xalqaro va mahalliy jönatmalarning daxlsizligi hamda xavfsiz yetkazilişini xalqaro audit darajasida kafolatlab, mijozlar işonçini oşiradi.
Şuningdek, “Kumuş” darajasidagi xavfsizlik maqomi xorijiy poçta operatorlari va yirik elektron tijorat platformalari bilan töğridan-töğri hamkorlik aloqalarini örnatiş hamda tranzit hajmlarini oşiriş imkonini beradi.
Nigora Rahmonova,
ÖzA