Bugungi kunda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida tarixan shakllangan yaqin do‘stona munosabat o‘z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi bosqichiga ko‘tarilgan. Oliy darajadagi muntazam va samarali muloqot tufayli ikki qardosh davlat strategik sherikligi hamda ko‘p qirrali hamkorligi barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanmoqda.

Ma’lumki, shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi yakunida davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Shuningdek, Boku shahrida "O‘zbekiston" bog‘iga tamal toshi qo‘yildi, mamlakatimizning Boku shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz ertaga Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

O‘zA ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalarning asosiy bosqichlari va yutuqlari xronologiyasini taqdim etadi.

***

1991 yil 28 dekabr – Ozarbayjon O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi.

1995 yil 2 oktyabr – mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatiya munosabati o‘rnatildi.

1996 yil 27 may – Boku shahrida “Do‘stlik va hamkorlik” to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

1997 yil – Ozarbayjon Toshkent shahrida elchixona ochdi.

1998 yil – O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi faoliyatini boshladi.

2004 yil 23 mart – Poytaxtimizda Strategik sheriklikni mustahkamlash deklaratsiyasi qabul qilindi.

2008 yil 11 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasiga bordi. Tashrif davomida Bokuda g‘azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali ochildi, shaharning markaziy ko‘chalaridan biriga ulug‘ alloma va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek nomi berildi.

2018 yil 3 sentyabr – O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi oltinchi sammiti doirasida Cho‘lponota shahrida uchrashdi.

2019 yil 14-15 oktyabr – Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 7‑sammitida ishtirok etdi.

2020 yil – Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari – O‘zbekiston Oliy Majlisi va Ozarbayjon Milliy Majlisida parlamentlararo hamkorlik guruhlari tuzildi.

2021 yil 11-12 noyabr – O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari Istanbul shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammiti doirasida uchrashdi.

2022 yil 21-22 iyun – Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi. Ikki davlat o‘rtasida Strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilindi.

2022 yil 1 avgust – Toshkentda O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya tashqi ishlar, iqtisodiyot va transport vazirlarining birinchi uch tomonlama yig‘ilishi tashkil etildi. Anjuman yakuni bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.

2022 yil 15 sentyabr – O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida uchrashdi.

2022 yil 10-11 noyabr – Prezident Ilhom Aliyev rafiqasi, birinchi vitse-prezident Mehribon Aliyeva bilan birga Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

2023 yil 1-2 mart – Qo‘shilmaslik harakati sammiti doirasida ikki mamlakat Prezidentlari Bokuda uchrashdi.

2023 yil 22–23 avgust – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ldi. Tashrif davomida davlat rahbarlari Fuzuliy va Shusha shaharlariga bordi.

2023 yil – Toshkentda Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Ozarbayjon – O‘zbekiston do‘stligi” muzeyi ochildi. 

2023 yil 8 noyabr – Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Toshkentda o‘tkazilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti o‘n oltinchi sammitida ishtirok etdi.

2023 yil 23-24 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Davlatimiz rahbari Boku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPYeKA) birinchi sammitida ishtirok etdi.

2024 yil 5-6 iyul – O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonning Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ishtirok etdi.

2024 yil 22-23 avgust – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi. Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi yakunida Prezidentlar Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.

2024 yil 12 noyabr – Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasi 29-sessiyasi (COP 29) doirasida Jahon yetakchilari sammiti yalpi majlisida nutq so‘zladi. Tadbirda davlatimiz rahbari qator tashabbuslarni ilgari surdi. 13 noyabr kuni O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston rahbarlari “yashil” energiyani rivojolantirish va uzatish loyihasiga start berdi.

Ma’lumot o‘rnida: So‘nggi 8 yil ichida mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 7,8 barobar oshib, 2024 yil 253 million dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. O‘zbekistonning Ozarbayjonga eksporti 7,5 barobar ortib, 208 million dollarni, import esa o‘tgan yil 9 barobar oshib, 45 million dollarni tashkil qildi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokida 240 dan ziyod kompaniya faoliyat yurityapti. Ozarbayjondagi O‘zbekiston kompaniyalari soni esa 70 taga yetdi.

O‘tkir Alimov tayyorladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlari xronologiyasi