Özbekiston – Ömon: hamkorlikning yangi davri va imkoniyatlari
Jadal geosiyosiy va geoiqtisodiy özgarişlar şaroitida Markaziy Osiyo va Arabiston yarimoroli davlatlari örtasida özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, yangi transport yölaklarini şakllantiriş, investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlaş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş mintaqalararo şeriklikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş uçun qulay şart-şaroit yaratmoqda.
Şu şaroitda Özbekiston Respublikasi va Ömon Sultonligi örtasidagi munosabatlar anʼanaviy diplomatik muloqotdan köp qirrali amaliy hamkorlikka ötiş bilan tavsiflanadigan yangi bosqiçga qadam qöymoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan oçiqlik va iqtisodiyotni modernizatsiya qiliş siyosati uşbu yaqinlaşuv uçun mustahkam asos yaratmoqda. Öz navbatida, Sulton Haysam bin Toriq Ol Said rahbarligida amalga oşirilayotgan “Ömon – 2040” strategiyasi sanoat, logistika va turizmni rivojlantiriş hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etişga qaratilgan bölib, bu ikki mamlakatning barqaror rivojlaniş masalalariga yondaşuvlari muştarakligini tasdiqlaydi.
Şu nuqtai nazardan, Özbekiston Ömon uçun Markaziy Osiyodagi muhim iqtisodiy şerikka, Ömon esa Özbekiston uçun Fors körfazi mintaqasidagi istiqbolli logistika hamkoriga aylanişi mumkin. Oziq-ovqat xavfsizligi, farmatsevtika, taʼlim, axborot texnologiyalari va kadrlar tayyorlaş sohalarida ham qöşimça imkoniyatlar mavjud.
Mavjud şaroitda siyosiy kelişuvlar va investitsiya kiritiş böyiça niyatlarni aniq, samarali loyihalarga aylantiriş dolzarb vazifaga aylanmoqda. Hukumatlararo qöşma komissiya uşbu jarayonni ilgari suruvçi asosiy kuç va boş muvofiqlaştiruvçi sifatida faoliyat yuritmoqda. Aynan şu işçi mexanizm diplomatiya va biznes örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, erişilgan kelişuvlarni amalda röyobga çiqariş hamda ikki davlat salohiyatidan samarali foydalanişni taʼminlaşga xizmat qiladi.
2026-yil sentabr oyida Masqatda bölib ötgan muzokaralar uşbu yönalişdagi amaliy qadam böldi. Ularda tomonlar Hukumatlararo komissiyaning oltinçi yiğilişiga tayyorgarlik köriş, ikki tomonlama Işbilarmonlar kengaşini tuziş va qöşma biznes forumini ötkaziş masalalarini muhokama qildilar. Uçraşuv iştirokçilari ustuvor loyihalarni hamda ularning amalga oşirilişini nazorat qilişning aniq mexanizmlarini belgilaşga alohida eʼtibor qaratdilar.
Ikki davlat iqtisodiyotining strategik jihatdan bir-birini töldirişi özaro yaqinlaşuvning asosiy omillaridan biriga aylanmoqda. Özbekiston katta sanoat, agrar, mehnat va resurs salohiyatiga ega bölsa, Ömon rivojlangan port infratuzilmasi, moliyaviy resurslar va xalqaro dengiz savdo yöllariga çiqiş imkoniyatlariga ega.
Siyosiy muloqot – barqaror şeriklik asosi
Özbekiston va Ömon özaro hurmat, işonç, teng huquqlilik va milliy manfaatlarni hisobga oliş tamoyillariga asoslangan munosabatlarni rivojlantirmoqda. Yuqori va hukumatlararo darajalardagi muntazam muloqotlar tomonlarning ikki tomonlama aloqalarni yangi mazmun bilan boyitişdan manfaatdor ekanini körsatadi. “Markaziy Osiyo – Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi” formati qöşimça imkoniyatlar oçmoqda.
2025-yil boşida Prezident Şavkat Mirziyoyev Ömon taşqi işlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiyni qabul qildi. Vazir Sulton Haysam bin Toriq Ol Saidning şaxsiy maktubini yetkazdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy hamkorlik, parlamentlararo aloqalar, madaniy-gumanitar almaşinuvlar, şuningdek, töğridan-töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş istiqbollarini muhokama qildilar.
Keyinçalik, yil örtasida Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Özbekiston Prezidenti Ömonning savdo, sanoat va investitsiyalarga kömaklaşiş vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf bilan uçraşdi. Energetika, geologiya, oziq-ovqat, töqimaçilik va kimyo sanoati, transport hamda moliya sohalaridagi qöşma loyihalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Bir yil ötib, 2026-yil iyun oyida Prezident Şavkat Mirziyoyev Ömon iqtisodiyot vaziri Xamis bin Sayf al-Jabriy boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uçraşuvda transport, logistika, geologiya, elektron tijorat va raqamli infratuzilma sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida tomonlar Hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi yiğilişini Masqatda ötkazişga kelişib oldilar.
Natijada siyosiy muloqot izçil ravişda amaliy mazmun kasb eta boşladi. Bunda aniq investitsiya loyihalari, transport yönalişlari va savdoni kengaytiriş mexanizmlariga eʼtibor qaratilmoqda.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik: ösiş uçun katta salohiyat
Mamlakatlar örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi ijobiy surʼatlarda ösmoqda. Biroq qulay siyosiy şaroitlarga qaramay, özaro savdo hajmi hozirça ikki davlatning iqtisodiy salohiyatiga mos kelmayapti.
Özbekiston Ömon bozoriga töqimaçilik, oziq-ovqat, kimyo, elektrotexnika va qişloq xöjaligi mahsulotlarini taklif etişi mumkin. Ömon esa neft-kimyo mahsulotlari, sanoat materiallari va uskunalar yetkazib beriş, şuningdek, qöşma işlab çiqariş zanjirlarida iştirok etiş imkoniyatiga ega.
Savdo operatsiyalaridan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişni yölga qöyişga ötiş alohida ahamiyatga ega. Bu tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş va ikki mamlakat kompaniyalarining Markaziy Osiyo hamda Yaqin Şarq bozorlaridagi barqaror iştirokini taʼminlaş imkonini beradi.
Joriy yil sentabr oyining oxirida Masqatda tomonlar Preferensial savdo va investitsiyalarni himoya qiliş töğrisidagi bitimni qabul qiliş imkoniyatini muhokama qildilar. Şuningdek, sertifikatlaştiriş va bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş hamda qöşma korxonalar taşkil etiş masalalari körib çiqildi. Ömonning erkin iqtisodiy zonalari imkoniyatlaridan foydalaniş uşbu rejalarni amalga oşirişning samarali vositasi bölişi mumkin. Bu Özbekiston kompaniyalariga eksportga yönaltirilgan işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş hamda Körfaz davlatlari, Şarqiy Afrika va Janubiy Osiyoning istiqbolli bozorlariga çiqiş uçun keng imkoniyatlar yaratadi.
Investitsiyaviy şeriklik – ikki tomonlama munosabatlarning asosiy harakatlantiruvçi kuçi
Özbekiston iqtisodiyotiga Ömon investitsiyalarini jalb etiş maqsadida 2025-yilda Özbekiston delegatsiyasi Masqatda yirik kompaniyalar va moliya tuzilmalari bilan muzokaralar ötkazdi. Ular orasida “Oman Investment Authority”, “Suhail Bahwan Group”, “Sohar International Bank”, “Oman Cables”, “Asyad Group” va “MB Holding” bor. Şuningdek, neft-kimyo, energetika, toğ-kon sanoati, maşinasozlik, qişloq xöjaligi, logistika va turizm kabi sohalardagi loyihalar taqdim etildi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida öndan ortiq loyihani moliyalaştirgan “UzOman” Özbekiston–Ömon investitsiya kompaniyasi bu borada muhim örin tutadi.
Investitsiyaviy hamkorlik bosqiçma-bosqiç tizimli tus olmoqda. U moliyalaştiriş, texnologiyalar transferi, işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş va mutaxassislar tayyorlaşni qamrab olmoqda. Ömonning sinov, inspeksiya va sertifikatlaştiriş sohasidagi yetakçi taşkiloti – “Atyab International Services”ning Özbekistonda ikki yildan buyon faoliyat yuritayotgan agrooziq-ovqat texnologiyalari markazi bunga yaqqol misoldir.
Transport va logistika: jahon bozorlariga çiqişning yangi imkoniyatlari
Dengizga töğridan-töğri çiqiş imkoniyatiga ega bölmagan Özbekiston uçun transport yönalişlarini diversifikatsiya qiliş strategik ahamiyatga ega. Ömon Özbekistonning istiqbolli logistika hamkoriga aylanişi mumkin. Bu Arabiston dengizi va Hind okeani orqali xalqaro yönalişlarga çiqiş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.
Markaziy Osiyoni Arabiston yarimorolining port infratuzilmasi bilan multimodal taşuvlar orqali boğlaşni nazarda tutuvçi “Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Ömon” transport yölagi alohida ahamiyatga ega.
2026-yil 16-fevralda ikki mamlakat transport idoralari vakillari Aşxobod bitimi doirasidagi hamkorlik, Salola, Sohar va Duqm portlari orqali taşuvlarni kengaytiriş hamda multimodal yönalişlarni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar. AQŞ Xalqaro savdo maʼmuriyati maʼlumotlariga köra, uşbu uçta çuqur suvli port 40 ta mamlakatdagi 86 ta dengiz transporti tuguni bilan aloqalarni taʼminlaydi.
Biroq transport taşabbuslarini amalda röyobga çiqariş uçun tranzit tariflarini kelişiş, bojxona tartib-taomillarini takomillaştiriş, taşuvlarni raqamlaştiriş va logistika operatorlari örtasidagi aloqalarni kengaytiriş talab etiladi.
Ömonni Özbekiston uçun portlarga tayangan savdo-logistika tugunlaridan biriga, Özbekistonni esa Ömon va Markaziy Osiyoni boğlovçi böğinga aylantiriş strategik vazifa hisoblanadi.
Töğridan-töğri aviaqatnovlar – yaqinlaşuv yölidagi muhim qadam
Joriy yil örtalarida Toşkent xalqaro aeroportida “Oman Air” aviakompaniyasining Masqat – Toşkent yönalişidagi ilk muntazam reysi kutib olindi. Haftasiga uç marta muntazam parvozlar yölga qöyildi. Töğridan-töğri aviaqatnovlarning oçilişi işbilarmonlik safarlari, turistik almaşinuvlar va tadbirkorlar örtasidagi aloqalarni faollaştiriş uçun şaroit yaratmoqda. Bu Ömon fuqarolarining Özbekistonning tarixiy şaharlariga qiziqişini oşirişi hamda özbekistonliklarning Ömonga sayohat qiliş imkoniyatlarini kengaytirişi mumkin.
Töğridan-töğri aviaqatnovlar iqtisodiy va gumanitar aloqalarni kengaytiriş uçun muhim infratuzilmaviy asos yaratmoqda.
Sanoat kooperatsiyasi va “yaşil” iqtisodiyotning yangi istiqbollari
Özbekiston qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş, energiya samaradorligini oşiriş va resurs tejovçi texnologiyalarni joriy etişga qaratilgan islohotlarni amalga oşirmoqda. Şunga öxşaş vazifalar “Ömon – 2040” strategiyasida ham muhim örin tutadi.
Joriy yil boşida Ömon 2026–2030-yillarga möljallangan beş yillik rivojlaniş rejasini taqdim etdi. Unda örtaça yillik iqtisodiy ösişning maqsadli körsatkiçi qariyb 4 foiz etib belgilangan hamda kam uglerodli rivojlaniş modeliga ötiş nazarda tutilgan.
Şu munosabat bilan quyoş va şamol energetikasi, suv tejovçi texnologiyalar, ekologik toza sanoat, çiqindilarni qayta işlaş va barqaror qişloq xöjaligi hamkorlikning istiqbolli yönalişlari hisoblanadi. Özbekiston uçun energetika infratuzilmasi, energiya saqlaş tizimlari va suvdan samarali foydalanişga yönaltirilgan investitsiyalar muhim ahamiyatga ega.
Ekspertlar bahosiga köra, “yaşil” iqtisodiyot strategik yaqinlaşuvning yangi yönalişiga aylanişi mumkin. U investitsiya resurslari, sanoat salohiyati va barqaror rivojlanişga bölgan umumiy manfaatdorlikni birlaştiradi. Uşbu ekologik yönaliş raqamli kun tartibi – elektron tijorat, tölov tizimlari va logistika platformalari bilan uzviy ravişda töldirilmoqda.
Madaniy-gumanitar aloqalar – xalqlar örtasidagi döstlik asosi
Madaniy-gumanitar hamkorlik Markaziy Osiyo va Arabiston yarimoroli xalqlarining boy maʼnaviy merosi hamda tarixiy aloqalariga tayanadi. Uşbu anʼanalar taʼlim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş uçun qulay asos yaratadi.
Ziyorat va madaniy-maʼrifiy turizm alohida salohiyatga ega. Samarqand, Buxoro, Xiva va Termiz meʼmoriy yodgorliklari hamda ilmiy merosi bilan qiziqiş uyğotadi. Öz navbatida, Ömon tarixiy qalʼalari, diqqatga sazovor tabiiy maskanlari va öziga xos madaniyati bilan sayyohlarni jalb etadi.
Turizm rivoji bilan bir qatorda gumanitar hamkorlik ham faollaşmoqda. Bunda akademik almaşinuvlar, qöşma taʼlim dasturlari, ilmiy konferensiyalar va madaniyat muassasalari örtasidagi aloqalarga eʼtibor qaratilmoqda. Ötgan yili Özbekistondan 30 nafar tadbirkor ayol ilk bor Masqatdagi biznes forumida iştirok etib, ikki mamlakat örtasidagi işbilarmonlik aloqalarini kengaytirişga hissa qöşdi.
Umuman olganda, Özbekiston va Ömon örtasidagi munosabatlar siyosiy muloqotni çuqurlaştiriş, iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş va gumanitar aloqalarni mustahkamlaş uçun imkoniyatlar oçayotgan sifat jihatidan yangi bosqiçga ötmoqda. Iqtisodiy salohiyatlarning bir-birini töldirişi va strategik manfaatlarning muştarakligi bu boradagi muvaffaqiyatning asosiy omilidir. Bu qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş orqali Markaziy Osiyo va Arabiston yarimoroli örtasidagi özaro boğliqlikni mustahkamlaş imkonini beradi.
Şunday qilib, Özbekiston va Ömon ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qiladigan uzoq muddatli, özaro manfaatli va köp qirrali şeriklikni şakllantiriş uçun barça zarur şart-şaroitlarga ega.
Dilorom Mamatqulova,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakçi ilmiy xodimi.
ÖzA