Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ma’lum qilishicha, Londondagi Britaniya muzeyida 26 sentyabr kuni «Ipak yo‘llari» ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi.

«Ipak yo‘llari» ko‘rgazmasida namoyish etiladigan aksariyat ashyolar, shu jumladan, shatranj donalarining eng ko‘hna to‘plamlaridan biri va Afrosiyobdagi hashamatli 6 metrlik «Elchilar xonasi» devoriy surati Londonda ilk bor namoyish etiladi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi «Ipak yo‘li» ko‘rgazmasi uchun Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda O‘zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanayotgan 14 ta eksponatni taqdim etadi.

Ular orasida Markaziy Osiyoning Buyuk Ipak yo‘li tarixidagi ahamiyatiga dalolat bo‘luvchi Varaxsha saroyi alvon mehmonxonasining devoriy surati, qopqoqli suyakdon, so‘g‘d yozuvi tushirilgan kumush idish, Kofirqal’a xarobasiga oid ko‘za va boshqa noyob arxeologik topilmalar mavjud.

«Ipak yo‘llari» ko‘rgazmasi 2024 yil 26 sentyabrdan 2025 yilning 23 fevraliga qadar Britaniya muzeyidagi Sainsbury ko‘rgazmalar galereyasida namoyish etiladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston muzeylarida saqlanayotgan 14 ta eksponat Britaniya muzeyida namoyish etiladi