Milliy matbuot markazida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024/2025 o‘quv yilgi tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Dastlab universitet mas’ullari tomonidan O‘zbekiston Milliy universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, ta’lim sifatini oshirish, HEMIS axborot tizimini joriy etishni takomillashtirish, talabalarni turar joylar bilan ta’minlash, ularga bilim olishi, salohiyatini namoyon etishi uchun qo‘shimcha imtiyoz va qulaylik yaratish, yosh tadqiqotchilar uchun qulay imkoniyatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlanganidek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zining bir asrdan ortiq faoliyati davomida nainki mamlakatimiz va mintaqamiz, balki jahon miqyosidagi minglab salohiyatli kadrlar, ilm-fanning ilg‘or vakillarini tarbiyalagan, ma’rifiy sohada betakror maktab yaratgan dargoh sanaladi.

1918 yilda tashkil etilgan ushbu universitet dunyoning top–1000 universitetlari qatoridan joy olgan bo‘lib, ta’limning deyarli barcha fundamental yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston oliygohlari uchun respublikamizdagi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

[gallery-19193]

Ayni paytda mazkur oliy ta’lim dargohida 56 ta bakalavriat yo‘nalishi, 59 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 33 ming nafardan ortiq talaba tahsil oladi.

Universitetda HEMIS axborot tizimi to‘liq ishga tushirilgan bo‘lib, unga barcha ma’lumotlar to‘liq va to‘g‘ri kiritilgan. Semestrlar va haftaliklar yaratilgan. Nazorat jadvallari shakllantirilgan. Universitetning professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun HEMIS axborot tizimi https://hhemis.nuu.uz/ veb-sahifasida joylashtirilgan.

Universitetda 2024/2025 o‘quv yilida o‘quv jarayonini boshlash uchun 334 ta auditoriya, jumladan, 78 ta ma’ruza xonasi, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan 148 ta auditoriya, 38 ta kompyuter zali, o‘quv va ilmiy laboratoriya xonalari tayyor holatga keltirilgan va zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlandi.

Mazkur oliy o‘quv dargohida 11 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ular uchun 5 ming 340 ta o‘rin berilgan. Shundan 496 ta o‘ringa xorijlik talabalarni joylashtirish rejalashtirilgan.

2024/2025 o‘quv yili uchun talabalarni belgilangan mezonlar ketma-ketligi asosida talabalar turar joyi va ijara xonalariga joylashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, universitetning 4 ta lokatsiyasida Talabalar turar joyi va ijara xonadonlariga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish markazlari ( infokioskalar) tashkil etildi.

Ushbu markazlarga (infokioskalarda) 100 nafarga yaqin tajribali tyutor bilan birgalikda 300 nafardan ortiq volontyor talaba biriktirildi.

Barcha fakultetlar tyutorlari tomonidan 755 ta ijara xonadoni bazasi shakllantirilib, talabalarni guruh tyutorlari orqali jami 6 ming 489 ta o‘rindan iborat ijara xonadonlariga joylashtirish yo‘lga qo‘yildi.

Universitet rasmiy veb-sayti (nuu.uz) orqali yangi topilgan ijara uylari (ro‘yxat bo‘yicha taxminiy tanlov asosida) hamda ijara uylari haqidagi ma’lumotlar (manzili, xonadon egasining ismi sharifi, telefoni, ijara uyining narxi ko‘rsatilgan holda) 4 ta manzilda tashkil etilgan infokioskalarga joylashtirilgani ma’lum qilib borilmoqda.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga atroflicha javob qaytarildi.

N.Usmonova, Oybek Pardayev(suratlar), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Milliy universitetida yangi o‘quv yiliga qanday tayyorgarlik ko‘rildi?