Kuni kecha Quacquarelli Symonds – QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2025 yilgi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi”, ya’ni Subject Rankings natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 3 ta fan yo‘nalishida dunyodagi kuchli universitetlar qatorida e’tirof etildi.

Mamlakatimizning tayanch oliy o‘quv dargohi “Matematika” yo‘nalishida 401-450-o‘rinni qayd etib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichni 50 pog‘onaga yaxshilashga erishdi. “Zamonaviy tillar” yo‘nalishida 301-350, “Fizika va astronomiya” yo‘nalishida esa 601-675-qatorlardan joy egalladi.

O‘tkazilgan taqqoslash xulosalariga binoan Universitet 2025 yilda bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini sezilarli darajada yuksaltirishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’lim (Education)da 50 ball bilan 10,8 ball o‘sishga, neft mashinasozligi (Petroleum Engineering)da 46,4 ball evaziga 6,7 ball o‘sishga, biznes va menejment tadqiqotlari (Business & Management Studies)da 42,7 ball bilan 3,3 ball o‘sishga va informatika va axborot tizimlari (Computer Science & Information Systems)da 38,8 ball holatida 2,8 ball o‘sishga erishildi.

Aytish lozim, joriy yilning dastlabki ikki oyi mobaynida QS tomonidan 5 ming 200 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyati tahlil qilinib, shundan 1 ming 747 universitet reytingda qayd etilgani yildan yilga oliy ta’lim yo‘nalishidagi xalqaro miqyosdagi raqobat yanada kuchayganidan dalolat bermoqda.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Milliy universiteti fan sohalari reytingida yuksalishga erishdi