O‘zbekiston milliy terma jamoasi nazorat o‘yinida "Neftchi"ni tor-mor etdi
Bellashuvda terma jamoamiz yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Jahon chempionatiga tayyorgarlikni milliy futbol markazida olib borayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Bu safargi raqib Superligamizning amaldagi chempioni Farg‘onaning "Neftchi" klubi bo‘ldi. Bellashuvda terma jamoamiz yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Azizbek Amonov, Farruh Sayfiyev va Dostonbek Hamdamov mualliflik qildi.

Uchrashuv yopiq eshiklar ostida o‘tkazildi.