O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro mart oyidagi yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi
Kannavaroning tanlovida yangi nomlar ham bor.
Mart oyida O‘zbekiston milliy jamoa yurtimizda bo‘lib o‘tadigan FIFA Series xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi.
Ushbu xalqaro o‘rtoqlik bellashuvlarida Kannavaro shogirdlari Gabon va Venesuela terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Hamyurtlarimiz birinchi bahsni 27-mart kuni Gabon terma jamoasiga qarshi o‘tkazsa, 30-mart kuni esa Venesuela termasi bilan kuch sinashadi.
Kannavaro quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb etgan.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz ishtirokidagi ikkita uchrashuv ham “Bunyodkor" stadionida soat 19:00da bo‘lib o‘tadi.