Joriy yil fevral oyining ikkinchi dekadasida Davlatimiz rahbari tomonidan energetika sohasiga oid 2 ta qaror imzolandi. Ularning birinchisi – Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida bo‘lsa, ikkinchisi – 2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. Bu, o‘z navbatida, yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish – bugungi kunning dolzarb masalalaridan bir ekanidan dalolat.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanish bosqichida. Taraqqiyot yo‘lidagi bosqichlarda mavjud muammolar kamayib, erishilgan yutuqlar sarhisob qilib boriladi. Muhtaram Prezidentimiz har bir soha vakillari oldiga ulkan marralarni qo‘yib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Energetika sohasi, chunonchi elektr energetika tarmog‘ida ham o‘nlab yirik investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda ham modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj, ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda.

Xo‘sh, bu borada natijadorlik ko‘rsatkichlari qanday? Istiqbolli rejalar mavjud muammolarga yechim bo‘la oladimi?

«O‘zbekiston MET» AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufida 84 ta 110, 220 va 500 kV. kuchlanishli liniyalar, shuningdek, 11698 km. uzunlikdan ziyod magistral elektr tarmoqlari mavjud. Jumladan, 500 kV. kuchlanishli tarmoqlar 2390,2 km, 220 kV – 8150,9 km, 110 kV.li tarmoqlar 1098,3 kilometrdan ziyod. Podstansiyalarning to‘la o‘tkazuvchanlik quvvati 26729,6 megavolt•amperga teng. Tizimda 4332 nafar ishchi-xodim xizmat qiladi. Shundan 737 nafari xotin-qizlar va 771 nafari yoshlar. Aksiyadorlik jamiyati tarkibidan 14 ta hududiy magistral elektr tarmoqlari, situatsion tahlil, markaziy rele himoyasi va avtomatika xizmati, loyihalashtiruvchi, qurilish-montaj va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi funksional filiallar mavjud.

Aksiyadorlik jamiyatining asosiy ish vazifasi – generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan va qisman import qilinadigan elektr energiyasini past kuchlanishli taqsimlovchi tarmoqlarga uzatishdan (transportirovka qilish) iborat. Bundan tashqari, tashkilot elektr energiyasi importi va eksporti bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlarni amalga oshiradi. Jumladan, Turkmanistondan import, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan mavsumiy hamda oldi-berdi shartlarda elektr energiyasini qabul qilish va uzatish, Afg‘onistonga eksport, shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari orasida elektr energiyasining tranzit xizmatlarini amalga oshirish “O‘zbekiston MET» AJ ish vazifalari doirasiga kiradi.

Shu o‘rinda bir jihatni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan hamda ichki iste’molga mo‘ljallangan elektr energiyasi eksportga yo‘naltirilmaydi. Hukumatlararo kelishuvga muvofiq amalga oshiriladigan elektr energiyasi import amaliyotining bir qismi Afg‘onistonga (imzolangan shartnomalarga muvofiq) eksport qilinadi. Bu muhim siyosiy, qolaversa, iqtisodiy va o‘zaro manfaatli masala. Shuningdek, melioratsiya, ya’ni qishloq xo‘jaligida sug‘orish mavsumida boshlanib, mavsum tugashiga qadar asosan suv havzalaridan elektr energiyasi oladigan ikki qo‘shni mamlakat – Tojikiston va Qirg‘izistondan mavsumiy import qabul qilinadi. Sodda qilib aytganda, yirik tabiiy suv omborlariga ega qo‘shni mamlakatlar, avvalo, o‘z ehtiyoji uchun, so‘ngra elektr energiyasini eksport qilish tijoriy maqsadida gidroinshootlar orqali O‘zbekistonga kirib keladigan tabiiy havzalarga suv resurslarini oqizib yuborishadi. Bu ham iqtisodiyot, ham gidroenergetika, ham suv resurslarini boshqarish, ya’ni qishloq xo‘jaligida samaradorlik ko‘rsatkichlariga taalluqli bo‘lgan muhim masala.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan 2022 yil boshidan magistral elektr tarmoqlari orqali 66,5 milliard kVt•soat elektr energiyasi uzatilib, reja 102,0 foizga (o‘sish sur’ati 2021 yilning mos davriga nisbatan 102,8 foizga) bajarildi. 2022 yil yanvar-dekabr oylarida eksport ko‘rsatkichlari 1,4 milliard kVt•soat miqdorida bajarildi. Jumladan, Afg‘onistonga 71,28 million AQSH dollari hisobida elektr energiyasi eksporti va 30,88 million AQSH dollari miqdorida elektr energiyasining tranzit xizmatlari amalga oshirildi. Shu o‘rinda importning miqdori 5,6 milliard kVt•soat hajmida bo‘lganini alohida qayd etish lozim. Umumiy import va eksport raqamlarni, ya’ni, 5,6 milliard kVt•soat import hamda 1,4 milliard kVt•soat eksport miqdorini taqqoslab ko‘rsak, yuqorida bildirilgan fikr o‘z tasdig‘ini topadi.

Bundan tashqari, 2022 yilda ham magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xalqaro tender savdolari natijalariga ko‘ra, loyihalar doirasida iqtisod qilingan mablag‘larni inobatga olgan holda, 2022 yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 89,8 million dollar miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirish kutilgan. Jumladan, xorijiy investitsiya mablag‘lari – 64,4 million dollar; «O‘zbekiston MET» AJning o‘z mablag‘lari – 25,4 million dollar. Natijada 2022 yil davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 112,5 million dollar (reja 125,2 foiz) o‘zlashtirilgan, ya’ni shu qiymatga teng bo‘lgan ish hajmi bajarilgan.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan respublika iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va biznes sub’ektlari hamda aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortib borayotgan qismini to‘liq qoplash maqsadida 2019-2022 yillarda Jamiyat tasarrufidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlari jadal olib borildi. Jumladan, 2022 yil boshidan (yanvar-dekabr) modernizatsiya dasturi asosida 9 ta podstansiyadagi kuch transformatorlarini almashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida o‘rnatilgan quvvat miqdori qo‘shimcha 1241 megavolt•amperga oshirildi.

Ushbu jarayonni viloyatlar kesimida ko‘rib chiqsak, raqamlar quyidagicha aks etadi:

«Traktorsoz» podstansiyasida 125 MVA (Toshkent shahri), «Cho‘ponota» podstansiyasida 216 MVA (Samarqand viloyati), «Yuksak» podstansiyasida 138 MVA (Toshkent shahri),«Sherobod» podstansiyasida 187 MVA (Surxondaryo viloyati), «DNS-2» podstansiyasida 125 MVA (Jizzax viloyati), «Gornaya» podstansiyasida 63 MVA (Navoiy viloyati), «Quyimozor» podstansiyasida 62 MVA (Buxoro viloyati), «Ozodlik» podstansiyasida 200 MVA (Toshkent shahri) hamda «Amir Temur» podstansiyasida 125 MVA ga (Qashqadaryo viloyati) elektr ta’minoti ishonchliligi oshirilgan.

Bundan tashqari, 2022 yilda magistral elektr tarmoqlarida umumiy quvvati 848 MVA bo‘lgan 10 dona kuch transformatori, 66 dona 110–500 kV kuchlanishli o‘chirgich, 14 dona kompressor qurilmasi va 810,23 km. uzunlikdagi 110–500 kV. havo liniyalarini mukammal ta’mirlash ishlari 2022 yilning 1 oktyabr sanasiga qadar to‘liq yakunlandi.

Rejaga muvofiq, 2022 yilda 107,0 milliard so‘mlik sarf-xarajatlarni qisqartirish yuzasidan turli texnik, iqtisodiy-moliyaviy tadbirlarni qamrab olgan amaliy ishlar olib borilgan. 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida Aksiyadorlik jamiyat bo‘yicha jami 107,4 milliard so‘m miqdorida xarajatlar qisqartirilib, reja 100,3 foizga bajarilgan. Shu bilan birga, 2022 yil davomida byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga jami bo‘lib 126,9 milliard so‘m miqdorida pul mablag‘i to‘lab berilgan.

Importni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham rejaga muvofiq. Misol uchun, xorijdagi ishlab chiqaruvchi korxonalaridan jamiyat ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan elektr uskunalarini hozirda respublikamiz ishlab chiqaruvchi korxonalaridan (kuchlanish oshib ketishidan saqlagich qurilmasi) elektron savdolar asosida xarid qilish natijasida importni qisqartirish hajmi 268,1 ming dollarni tashkil etib, reja 116,6 foiziga bajarilgan. Shuningdek, 2022 yilda tizim korxonalarida jami 21 ta yangi ish o‘rnini yaratildi. Bu rejaning 116,6 foizga teng.

Xulosa o‘rnida, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining faoliyatida yuqori kuchlanishli tarmoqlar,ayrim texnik holatlarni hisobga olmaganda, o‘tgan kuz-qish mavsumi barqaror faoliyat yuritgani mutaxassislar tomonidan e’tirof etildi. Aynan shu jihat o‘z navbatida, hisobot ma’lumotnomalarida keltirilgan fakt va raqamlar natijadorligining isbotidir.

Ulug‘bek URUNOV,

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ

Axborot xizmati rahbari

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yildagi faoliyati sarhisobi