Axborot texnologiyalari sohasida .UZ domeni jumlasi tez-tez ishlatiladi. Bu so‘z IT sohasi vakillariga yaxshi tanish bo‘lsada, ko‘pchilikni uning ma’nosi, vazifasi nimadan iboratligi qiziqtiradi.

Domen nomlari ko‘pincha Internet orqali taqdim etiladigan xizmatlarni, masalan, veb-saytlar, elektron pochta xizmatlari va boshqalarni aniqlash uchun ishlatiladi. Ayni paytda milliy domen alohida ahamiyatga ega bo‘lib, rasmiy nomi – “.UZ – O‘zbekiston Respublikasining yuqori darajadagi milliy domeni”. Milliy .UZ domeni mamlakat ravnaqi uchun internet tarmog‘ining rivojlanishi, ko‘plab foydali xizmatlar joriy qilinishi, eng yuqori tezliklar va o‘ziga xoslikni saqlaydi. 

Toshkentda .UZ milliy domenining 30 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro konferensiya global internet resurslarini boshqaruvchi yetakchi tashkilotlar, texnik hamjamiyatlar, davlat idoralari, biznes vakillari va domen nomlari registratorlarini birlashtirdi. 

Tadbirda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi. 

Konferensiyada .UZ milliy domen zonasida IPv6 protokolini joriy qilish haqida e’lon qilindi. Qayd etilishicha, bu tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish yo‘lida muhim qadamdir. 

Konferensiyaning yana bir muhim natijasi KazNIC (.KZ) va UZINFOCOM (.UZ) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolanishi bo‘ldi. Ushbu hujjat domen zonalari boshqaruvi va internet infratuzilmasi sohasida bilim almashinuvi va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. 

Nigora Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston milliy domeni tashkil topganiga 30 yil to‘ldi