Mazkur hujjat Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov va «Rosseti» aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori Andrey Ryumin tomonidan imzolandi.
Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ma’lum qildi.
O‘zbekistonda magistral elektr tarmoqlari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarni rivojlantirish, yangi-yangi loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro tajriba almashish — imzolangan yo‘l xaritasining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning oktyabr oyida Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Rossiya hukumatlararo komissiyasining 21-yig‘ilishi doirasida «Rosseti» AK va «O‘zbekiston MET» AJ o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan edi. Unda O‘zbekistonning elektr tarmoqlari infratuzilmasini qurish va modernizatsiya qilish, shu jumladan sohada ilg‘or texnologik yechimlar — raqamli texnologiyalarni joriy etish, bundan tashqari, O‘zbekiston elektr energetika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni ishlab chiqishda qo‘shni davlatlarning energetika tizimlari joylashuvi va istiqboldagi rivojini hisobga olish bo‘yicha zarur ma’lumotlarni tahlil etish kabi amaliyotlarda yaqin hamkorlikni amalga oshirish ko‘zda tutilgan edi.