Davlatimiz rahbarining qaroriga asosan, O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitimga rasman qo‘shildi.

Qarorga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul organ sifatida belgilandi va Agentlik direktori kengash a’zosi etib tayinlandi. 

Kengash MDH Davlat rahbarlari kengashiga hisobot beradi va yig‘ilishlari yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi.

Kengashning ustuvor vazifalari sirasiga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maqsadli dasturlar va takliflar ishlab chiqish, a’zo davlatlar o‘rtasida axborot almashishni yo‘lga qo‘yish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish orqali korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish kabilar kiradi.

Mamlakatimizning ushbu kengashga a’zo bo‘lishi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yillik strategiyani yanada mustahkamlash, bu boradagi samaradorlikni oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston MDH Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengashiga a’zo bo‘ldi