Singapur Xalqaro mediatsiya markazi rahbari Jorj Lim O‘zbekiston Adliya vazirligiga tashrif buyurdi.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan uchrashuvda mamlakatimizda nizolarni hal qilishning zamonaviy mexanizmlarini rivojlantirish, shu jumladan, mediatsiya institutini takomillashtirish bo‘yicha olib  borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. 

Jumladan, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishda mediatsiya instituti tobora keng qo‘llanilayotgani qayd etildi. Mediatsiyaning afzalliklari sifatida ishlarning tezroq, arzonroq va ishtirokchilar uchun kamroq stressli ekani aytib o‘tildi. 

Mediatorlar malakasini oshirish va ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimini joriy etish, bank, sug‘urta kabi sohalarda mediatsiyadan foydalanish doirasini kengaytirish, Singapur tajribasini o‘rganish asosida elektron platforma joriy etish, Singapur konvensiyasiga qo‘shilish haqida fikr almashildi. 

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda 2021 yilda 4,8 ming ish mediatsiya orqali hal qilingan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 7,2 mingga yetgan.

Bu boradagi ishlarni yanada yaxshilash uchun Singapurdagi mediatorlar tayyorlash markazlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonning 20 dan ortiq mediatorlarini xalqaro standartlarga mos ravishda qayta tayyorlanadi. Toshkent mediatsiya markazining reglament, nizom va kodekslari takomillashtiriladi.  

O‘zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasida mediatsiya nizolarini hal qilishda regional habga aylantirish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Ayrim xalqaro nizolar bo‘yicha mediatsiya ishlari Toshkent mediatsiya markazida ko‘rib chiqiladi. 

“Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi doirasida  xalqaro mediatsiya haftaligi o‘tkaziladi. 

Singapur Xalqaro mediatsiya markazi bilan hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi va yo‘l xaritasi imzolanadi. 

J.Lim mediatsiya sohasida yaqindan hamkorlik qilishga ijobiy qarashini, shu o‘rinda mazkur masalada shaxsan amaliy  yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Ushbu uchrashuv xalqaro tajriba almashuv, qonunchilikni takomillashtirish va O‘zbekistonda mediatsiya madaniyatini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. 

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida mediatsiya nizolarini hal qilishda regional habga aylantiriladi