So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada rivojlanmoqda. Prezidentimizning Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasida o‘tkazilgan rektorlar forumi natijasida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qator muhim kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, ushbu forum doirasida Buxoro davlat texnika universiteti va Malayziyaning bir qator oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yashil tadqiqotlar” ilmiy-tadqiqotlar markazi bilan hamkorlik o‘rnatildi.

Shu bilan birga, Buxoro davlat texnika universiteti va Malayziya Malaka texnik universiteti, Tun Hussein Onn Universiteti, Perlis universiteti, Malayziya UPSI universiteti rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda olima ayollarning akademik mobillik dasturini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqot markazi, spin-off loyihalar, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish metodikasini joriy etish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, “Mashinasozlik texnologiyasi” yo‘nalishida “1+1” magistratura formati asosida qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish va talabalar uchun grantlar ajratish bo‘yicha Memorandum imzolandi. Bundan tashqari, muqobil energiya va turizm sohalarida ham hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

– Buxoro davlat texnika universiteti oldida barqaror rivojlanish talablariga javob beradigan “yashil universitet”ga aylanish bo‘yicha aniq vazifalar turibdi, – deydi universitet rektori Sadoqat Siddiqova. – Ushbu yo‘nalishda universitetda “Yashil tadqiqotlar” ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilib, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiya samaradorligi borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Universitetga “Yashil universitet” ko‘rsatgichlarini joriy etish bo‘yicha Malayziyaning Sulton Idris universiteti professori, “Yashil universitet” ko‘rsatkichlari bo‘yicha xalqaro ekspert Zalina Zulkifli tashrif buyurdi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Buxoro davlat texnika universitetida yashil texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq taklif va loyihalarni ishlab chiqishdir. Mehmonlar universitet  mutasaddilardan tashkil topgan ishchi guruh bilan birgalikda Energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, Atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan yechimlar ishlab chiqish, “Yashil universitet” reytingi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni yaxshilash va shu kabi boshqa yo‘nalishlarda ish olib borilmoqda. 

Buxoro davlat texnika universiteti o‘zining ilmiy salohiyati, innovatsion yondashuvi va xalqaro hamkorliklari bilan mamlakatda “Yashil universitet” sifatida e’tirof etilmoqda. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar nafaqat universitet salohiyatini oshirishga, balki butun O‘zbekiston uchun barqaror va ekologik xavfsiz kelajakni yaratishga xizmat qiladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Malayziya: universitetlar o‘rtasida samarali hamkorlik