Korrupsiyaga qarshi kurashish – iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy adolatga erishishning asosiy shartlaridan biridir. Shu bois, ushbu illatga nisbatan murosasiz bo‘lish va qat’iy kurashish dunyo mamlakatlari uchun umumiy maqsadga aylangan.

O‘zbekiston bu yo‘lda aniq va samarali natijalarga erishish uchun xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda yanada kengaytirishga katta e’tibor qaratib kelmoqda. Ayni yo‘nalishda, xususan, Malayziya mamlakatimiz uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan hamkorlardan biri sanaladi.

Ushbu mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi muvaffaqiyatli tajribasi, huquqiy mexanizmlari, innovatsion tashabbuslari jahon iqtisodiyotidagi boshqa davlatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, Malayziyada blokcheyn texnologiyalari, raqamli kuzatuv tizimlari va yangi elektron platformalar orqali korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan turli ilg‘or innovatsion yondashuvlar ham mavjud.

“Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2023 yil natijalariga ko‘ra, mamlakat 180 davlat orasida 57-o‘rinni egallagani, qolaversa, hukumat oldida 10 yil muddatda indeksda 25-o‘ringa chiqish vazifasi qo‘yilgani Malayziyaning aksilkorrupsiya islohotlaridagi yutuqlar va dolzarb maqsadlarni yaqqol ifodalaydi.

– Malayziya agentligimiz faoliyat boshlagan dastlabki davrlardanoq biz uchun yaqin va manfaatli hamkorlardan biri bo‘lib kelmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov. – 2022 yilda mamlakatning Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi (MACC) rahbari Azam bin Bakining Toshkentga amalga oshirgan tashrifi doirasida idoralarimiz o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangani nafaqat ikki tomon faoliyatida, balki O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida uzoq davom etadigan hamkorlikning muhim debochasi bo‘ldi.

Memorandum doirasida o‘tgan davr mobaynida tajriba almashish, o‘zaro faoliyatni takomillashtirish, kadrlar tayyorlash, axborot almashish, texnik ko‘mak ko‘rsatish kabi muhim yo‘nalishlarda samarali hamkorlik amalga oshirildi. Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish maqsadida aholini korrupsiyaga qarshi o‘qitish, ularning ommaviy axborot vositalari va halollikni targ‘ib qiluvchi kampaniyalar haqida xabardorligini oshirish bo‘yicha ma’lumot almashinuvi ham yo‘lga qo‘yildi. O‘zaro hamkorlik yaqin istiqbolda yangi yutuq va natijalar bilan o‘z samarasini yanada kengroq namoyon etadi.

Haqiqatan ham, 2024 yil avgust oyida Akmal Burhonov boshchiligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillaridan iborat delegatsiyaning Malayziyaga safari ikki davlat korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul idoralari o‘rtasida amaliy aloqalarni kengaytirishda navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Safar mobaynida Malayziya parlamenti Senatining Davlat boshqaruvi, halollik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus qo‘mitasi raisi Arman Azxa Abu Hanifa bilan uchrashuv o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi samarali kurashishni ta’minlashda shaffof va hisobdor davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishda parlamentning o‘rni, ikki mamlakatning bu boradagi tajriba va yondashuvlari xususida o‘zaro fikr almashildi.

– Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida parlamentlararo muloqotlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov. – Tomonlarning parlamentlari palatalari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik guruhlari samarali faoliyat olib borayotganligini ham alohida e’tirof etish joiz. Parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, uni yangi mazmun bilan boyitish, norma ijodkorligi sohasida tajriba almashish mamlakatlarimiz uchun har tomonlama manfaatli, deb bilaman.

Malayziyaning Korrupsiya va nepotizmga qarshi kurashish markazi faoliyatining maqsadi hukumatning barcha darajalarida ochiq, shaffoflik va hisobdorlik siyosatini ilgari surishga qaratilgan.

Mazkur markazning direktorlar kengashi raisi Edmund Gomes bilan uchrashuvda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishda milliy qonunchilikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinib, o‘zaro tajriba almashish va kadrlar salohiyatini rivojlantirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ma’lumot va professional materiallar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

“Malayziya Transparency International” tashkiloti prezidenti Muhammad Mohan bilan muloqotda esa korrupsiyaga qarshi kurashishda nodavlat tashkilotlarining ishtiroki, BMTning korrupsiya qarshi konvensiyasi va sohadagi boshqa xalqaro standartlarning milliy qonunchilikka joriy etilishi kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi, Malayziya Bosh vaziri huzuridagi Moliyaviy jinoyatchilikka qarshi kurashish milliy markazi, Milliy halollik instituti hamda “Malaysia Corruption Watch (MCW)“ nodavlat tashkiloti rahbariyati bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi.

Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi bosh komissari Azam bin Baki bilan uchrashuvda o‘zaro amaliy hamkorlikni kengaytirish rejalari belgilab olindi. Komissiya faoliyat yo‘nalishlari, ustuvor vazifalari, inson resurslarini boshqarish, boshqaruv sohasida tergov, huquqiy va jinoiy ta’qib, milliy boshqaruvni rejalashtirish hamda strategik aloqa kabi tarkibiy tarmoqlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Muloqotda Azam bin Baki bugungi kunda dunyo bo‘ylab korrupsiyaga qarshi kurashishda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, mamlakatlar tomonidan ko‘plab chora-tadbirlar ko‘rilayotganiga e’tibor qaratib, bu yo‘nalishda tajriba almashish juda muhimligini qayd etdi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish hamda ushbu yo‘nalishdagi ta’lim dasturlarini O‘zbekistonning Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan bo‘lishishga tayyor. Biz esa, o‘z o‘rnida, O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ilg‘or tajribalarini o‘rganishga tayyormiz. Chunki keyingi yillarda mamlakatingizda ushbu yo‘nalishda katta islohotlar olib borilayotganini, katta yutuqlarga erishayotganingizni ham ko‘rib turibmiz”, deb ta’kidlagan A. Baki.

O‘zbekiston delegatsiyasining Malayziya Bosh vaziri huzuridagi Moliyaviy jinoyatchilikka qarshi kurashish milliy markazi bosh direktori Shamshun Baxarin bin Mohd Jamil bilan muzokaralari moliyaviy jinoyatlarni aniqlash, oldini olish, barham berish va unga qarshi kurashish sohalarida o‘zaro tajriba almashish imkonini berdi. “Malaysia Corruption Watch (MCW)“ tashkiloti vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa korrupsiyaga qarshi kurashishga fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb qilish, samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tashrif natijasida qonun ijodkorligi sohasida o‘zaro tajriba va axborot almashish, korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari xodimlari uchun maxsus kurs, seminar va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, korrupsiyaga qarshi turli chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya” loyihasi Malayziya ekspertlarining taklif va tavsiyalari asosida yanada takomillashtirildi.

MASA bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari xodimlari uchun korrupsiyaviy holatlarni aniqlash, oldini olishga qaratilgan maxsus kurslar, ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi turli chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar davom ettiriladi.

– Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (Virtual akademiya) tashkil etilishida Malayziya metodik, texnik ko‘mak ko‘rsatib kelayotgan hamkorlarimizdan biri sanaladi, — deydi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i Xudoyberdi Tursunbekov. – Chunki mamlakatning Korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi davlat va nodavlat sektor uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini professional kadrlar bilan ta’minlash, jahon hamjamiyatida korrupsiyaga qarshi yo‘nalishi zamonaviy metodlarni ishlab chiqishda uzoq yillik tajribaga ega. MASAning bepul onlayn kurslarida O‘zbekiston vakillari ham tahsil olib kelmoqda. Bunday boy tajriba va yutuq Virtual akademiya faoliyatini har tomonlama samarali yo‘lga qo‘yish va faoliyatini takomillashtirishda biz uchun eng yaxshi namunalardan biri bo‘ladi. Milliy halollik instituti bilan esa davlat xizmatida axloq va halollik standartlarini joriy etish, siyosat va amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha tahliliy hisobotlar va tavsiyalar ishlab chiqish, davlat xizmatchisining “halollik portreti”ni shakllantirishda hamkorlik qilish maqsad qilingan.

– Malayziyada davlat tashkilotlari va davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda halollikni ta’minlash bo‘linmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, – deydi Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi rahbari Firuz Mahmudov. – Ushbu bo‘limlar faoliyati to‘liq MASA tomonidan muvofiqlashtiriladi. Davlat xizmatchilariga “halollik vaksinasi”ni singdirish borasida preventiv mexanizmlar joriy etib kelayotgan Yangi O‘zbekiston uchun Malayziyaning bu boradagi amaliyoti nihoyatda muhim. Ayniqsa, davlat xizmatiga adashib kirib kelganlarni aniqlash, shuningdek, davlat idoralariga halol kadrlarni tanlab olish maqsadida 2025 yilgi Davlat dasturida davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etilayotgani ushbu mamlakat tajribasidagi eng ilg‘or yutuqlarni o‘rganishning ahamiyatini yanada oshiradi.

Umuman olganda, mazkur kelishuvlar har ikki mamlakatning huquqiy soha va amaliyotdagi yutuqlarini birlashtirish orqali korrupsiyaga qarshi kurashishda muvaffaqiyatli natijalarga yo‘l ochadi. O‘zaro tajriba va ishonch bu yo‘ldagi har bir qadamga yana dadillik va qat’iylik, progressivlik beradi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Malayziya: korrupsiyaga qarshi kurashish – umumiy maqsadimiz