O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo-sotiq, madaniy, ta’lim, ilm-fan va boshqa sohalardagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga, yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Tashrif doirasida ko‘plab muhim tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, Malayziyaning Perak shtatida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida o‘tkazilgan birinchi O‘zbekiston – Malayziya ta’lim forumida ikki mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. 

Ikki davlat madhiyalari ijrosi bilan boshlangan forumning tantanali ochilish marosimida so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Malayziya Oliy ta’lim vaziri Zambry Abdul Kadir tomonidan mamlakatlarimizning oliy ta’lim sohasidagi hamkorligini  mustahkamlash, muvaffaqiyatli rivojlantirish har ikki davlat uchun ham muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.

Forum davomida kelgusida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, akademik mobillik dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, hamkorlik istiqbollari xususida taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.  

Forum doirasida yurtimiz oliy o‘quv yurtlari vakillari Malayziyadagi qator oliy o‘quv yurtlarida bo‘lib, ularning faoliyati, o‘qitish tizimlari bilan yaqindan tanishdi, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. O‘tkazilgan uchrashuvlar, muzokaralar samarasi o‘laroq, ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.  

Jumladan, forumda Andijon davlat universiteti delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Universitetimiz va Malayziyaning Pendidikan Sultan Idris (UPSI),  Terengganu University Malaysia (UMT) universitetlari o‘rtasida ilmiy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, ilm-fan sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha memorandumlar imzolandi.

Davlatimiz rahbarining Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan ushbu shartnomalar universitetimizning xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, istiqbolli loyiha va dasturlarni amalga oshirish, zamonaviy va ilg‘or ta’lim usullarini faoliyatimizga joriy etish hamda xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.  

Baxtiyorjon Akbaraliyev,

Andijon davlat universiteti rektori.

Malayziya,  Perak shtati

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Malayziya: hamkorlik yangi imkoniyatlarga yo‘l ochadi