Kuvayt davlati Fors Ko‘rfazida joylashgan yuqori daromadli mamlakat hisoblanadi. Uning pul birligi – Kuvayt dinori dunyodagi eng qimmat valyutadir. Jahon bankining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Kuvaytda yalpi ichki mahsulot (YAIM) 2023 yilda 161,77 milliard AQSH dollarini tashkil etgan. Kuvaytning YAIM qiymati jahon iqtisodiyotining 0,15 foizini tashkil qiladi. Kuvayt YAIM ning 67 foizini sanoat, 43,6 foizini xizmat ko‘rsatish sohasi va atigi 0,4 foizini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Kuvayt ulkan neft zaxiralariga ega va uni katta miqdorda eksport qiladi.

O‘zbekistonning Kuvayt bilan iqtisodiy-siyosiy muloqoti so‘nggi paytlarda faollashdi. 2024 yil aprel oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulloh Ali Al-Yahyoni qabul qildi. Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Iqtisodiy organlar va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi muloqot ham mustahkamlandi. So‘nggi besh yilda O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 barobar oshdi. Ayni paytda O‘zbekistonda Kuvayt kapitali ishtirokida yetti kompaniya faoliyat yuritmoqda. Savdo jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha 2024 yilda imzolangan kelishuv savdo dinamikasini yanada oshirishda muhim qadam bo‘ladi. Kuvaytning O‘zbekistondan importi 2024 yilning uchinchi choragigacha qariyb 1 793 298 Kuvayt dinorini (taxminan 5,8 million AQSH dollariga teng) tashkil qilgan. 

Kuvayt O‘zbekiston uchun har tomonlama foydali hamkor hisoblanadi. Bu bir necha omillarga bog‘liq.

Birinchidan, ikki davlatning integratsiya jarayonlariga kirishishdagi umumiy yondashuv. O‘zbekiston ham, Kuvayt ham o‘z rivojlanish istiqbollarini mintaqasi bilan chambarchas bog‘liq deb biladi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo iqtisodiy integratsiyasida hal qiluvchi rol o‘ynaganidek, Kuvayt Fors ko‘rfazi Arab mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. 

Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi mamlakatlarning sa’y-harakatining o‘xshashligi. Ikkala mamlakat ham iqtisodiy tomondan shaffoflikka erishishga harakat qilmoqda. O‘zbekiston ham, Quvayt ham o‘z iqtisodiyotiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni jadallik bilan joriy qilmoqda. Bu O‘zbekiston 2030 raqamli strategiyasining ustuvor maqsadlariga hamohangdir.

Uchinchidan, har ikki davlat ham iqtisodiy rivojlanish strategiyasini qabul qildi. O‘zbekiston va Quvayt iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni o‘z ichki kun tartibining markaziga qo‘ydi. Bu maqsadlar “Yangi O‘zbekiston – 2030” va “Yangi Kuvayt – 2035” strategiyalarida o‘z ifodasini topgan. 

To‘rtinchidan, ikki mamlakatning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki bo‘yicha umumiy yondashuv. Masalan, Kuvayt va O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro valyuta fondi, Islom hamkorlik tashkiloti kabi platformalarda o‘xshash takliflarni bildirmoqda. 

Beshinchidan, ikki mamlakatning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishdagi sa’y-harakatlari ham e’tiborga molik. Yashil iqtisodiyot, energiya tejashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar buning yaqqol misolidir. 

Oltinchidan, turizm sohasidagi hamkorlik, xususan, kuvaytlik sayyohlarni yurtimizga jalb qilish, ularni ko‘hna shaharlarga tashrifini tashkil qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish darkor.

Yettinchidan, Kuvayt mehnat bozoriga o‘zbekistonlik potensial ishchi kuchini jalb qilish. O‘zbekistonning tashqi mehnat migratsiyasida yangi manzil sifatida Kuvayt mehnat bozorini o‘rganish va soha mutaxassislarini jalb qilish darkor. 

Sakkizinchidan, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni oshirish. Kuvaytga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish orqali O‘zbekiston Kuvaytning qishloq xo‘jaligidagi yirik hamkori bo‘lishi mumkin.

To‘qqizinchidan, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, stipendiya dasturlarini kengaytirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish orqali  hamkorlik ko‘lamini kengaytirish muhim hisoblanadi. 

Yuqoridagi omillar O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi sanoat hamkorligi har ikki davlat uchun uchinchi davlat bozorlariga chiqishda qulay imkoniyatlar yaratishidan dalolat beradi. Markaziy Osiyo bozorlari Kuvayt iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va uning savdosida yoqilg‘i mahsulotlarining ustunligini kamaytirish uchun platforma bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Buning evaziga O‘zbekiston Kuvayt bilan iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish orqali dengiz savdo yo‘llariga chiqish muammosini hal qilishi mumkin. Ikki davlat bir biri uchun logistika markazlari vazifasini bajarishi mumkin.

Yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda hamkorlikning bir qancha yo‘nalishlarini, ayniqsa, O‘zbekiston va Kuvayt uchun foydali ekanligini alohida ta’kidlash mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt davlati Amiri Shayx Mish’al as-Saboh taklifiga binoan 2025 yil 17-18 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi barcha sohalardagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib oldilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Kuvayt davlati rahbariga Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashiga Kuvayt davlati joriy yilda raislik qilgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston Respublikasi va Kuvayt davlati o‘rtasidagi hamkorlik darajasidan kelib chiqib tomonlar siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy aloqalarni, madaniy-gumanitar almashinuvni, xavfsizlik, mudofaa va huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligini yana bir bor tasdiqladilar.

Tomonlar o‘zaro manfaatli barcha sohalarda keng qamrovli sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldi. Tovar ayirboshlash uchun qulay sharoitlar yaratish, tovar ayirboshlashni har tomonlama diversifikatsiya qilish va uning hajmini oshirish maqsadida ikki mamlakatning tegishli idoralari o‘rtasida muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, xususan, savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik bo‘yicha qo‘shma qo‘mita sessiyalarini o‘tkazishga kelishildi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy hamkorlik ikki davlatning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim qadam bo‘ladi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi mintaqalararo hamkorlikni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Sulhiya Gaziyeva,

TDSHU Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

instituti Barqaror iqtisodiy rivojlanish markazi rahbari,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Kuvayt munosabatlari yanada rivojlanadi