O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 7 dekabr kuni mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram tabriklari dunyo miqyosida koronavirus pandemiyasi avj olgan murakkab sharoitda yashab, mehnat qilayotgan zaxmatkash xalqimizning ruhi va shukuhini yana bir bor tog‘dek o‘stirib, ahil yurtdoshlarimiz qalbida kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamladi.

Agar Prezidentimizning ushbu tabriklarini sinchkovlik bilan o‘rganib, tahlil qilsak, Bosh qomusimizning asosiy qoida va tamoyillaridan kelib chiqib, bundan to‘rt yil avval Harakatlar strategiyasini qabul qilish asnosida boshlangan keng ko‘lamli va shiddatli demokratik islohotlar bugun o‘z mevasini berayotganini, Konstitutsiya islohotlarning huquqiy poydevori sifatida shu qisqa davr ichida qabul qilingan 5 ta kodeks va 250 ga yaqin qonunlarga huquqiy manba bo‘lganini guvohi bo‘lamiz.

Buning zamirida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ilg‘or milliy va xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda hal etilganini hamda buni konstitutsiyamizning hayotiyligida ko‘ramiz.

Aslida jahon mumtoz konstitutsiyaviy amaliyoti tajribasida konstitutsiyaviy tartibga ijtimoiy munosabatlarning uchta yirik asosiy sohani qamrab olishi qabul qilingan. Bular, birinchidan, inson huquq va erkinliklarini muhofazalash, ikkinchidan, davlat va siyosiy hokimiyatning tuzilishi, uchinchidan, shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlardir. Ushbu uch toifa munosabatlarni barchasi bir biriga bog‘liq va ularni bir-biridan ustun qo‘yib bo‘lmaydi. Zero, ularning har birida inson alohida individ va jamoaviy shaklida bevosita ishtirok etadi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida jamiyat va davlat hayotini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlar izchil davom etmoqda. Mamlakat o‘z xalqi farovon hayotini ta’minlash maqsadida har qanday samarasiz tizim va tuzumdan voz kechib, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatchilik sari intilmoqda. Bunday vaziyatda davlat va jamiyat tuzumining huquqiy asoslarini tashkil etuvchi konstitutsiyaning o‘rni va ahamiyati yanada ortadi.

Prezidentimizning tabriklaridagi ushbu so‘zlari, ya’ni “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy norma asosida mamlakatimizda xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qiladigan, Konstitutsiya va qonun ustun bo‘lgan samarali va barqaror tizim shakllanmoqda.“Yangi O‘zbekiston” degan ibora xalqaro maydonda nafaqat yangi tushuncha, balki real ijtimoiy hodisa sifatida qabul qilinmoqda. Konstitutsiyamiz yaratib bergan ulkan huquqiy imkoniyatlarning samarasi bo‘lgan bunday yutuq va natijalar barchamizga albatta yuksak g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi” degan fikrlari mamlakatimizning konstitutsiyaviy tamoyillar asosida xalqchil davlat qurishga intilayotgani ko‘rsatmoqda.

Bundan 28 yil avval – 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi dunyo siyosiy xaritasida yangi suveren davlat qaror topganligini ifodalagan holda Konstitutsiya o‘zida inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini mujassam etgan bu demokratik g‘oya zamonaviy huquq tizimining poydevoriga aylandi.

Bu hol konstitutsiyaviy tuzum, davlat suvereniteti va xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatni tashkil etish, davlat bilan shaxs, jamiyat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlarning barchasini inson eng oliy qadriyat ekanligi pozitsiyasidan qurilishini nazarda tutadi.

Darhaqiqat Konstitutsiyamizning asosiy mohiyati shundaki, u jamiyat va uning a’zolari oldiga oliy maqsad qo‘ygan va ana shu ezgu maqsadga erishishning yo‘llarini o‘zida mujassam etgan.Bir so‘z bilan aytganda, davlat, oila va jamiyat manfaatlari uyg‘unlashib, yurtimizni tobora rivojlanish sari olg‘a siljishini ta’minlayapti.

Masalan, “Asosiy qonunimizda kafolatlangan malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va kuchli ijtimoiy himoyani ta’minlash bo‘yicha har bir insonning huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishda barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Pandemiya davrida aholi sog‘lig‘ini saqlash, ishsiz qolgan fuqarolarga yordam berishga, tadbirkorlarga birinchi darajali e’tibor qaratilmoqda.

Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlar barqarorligiga erishish – davlat faoliyatining asosiy, yetakchi funksiyasi. Aynan ana shu funksiya davlatning mutlaq o‘ziga xos maqomi, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini belgilab beradi. Davlat qonun ustuvorligi, qonuniylikning mustahkamligi ustidan nazoratni o‘z organlari vositasida ta’minlaydi.

Ma’lumki, Konstitutsiya va qonunning ustunligi to‘liq ta’minlashga safarbar etilgan davlat organlari – shaxs, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi organ tizimini tashkil etadi. Bu o‘z navbatida samarali davlat xizmati va davlat xizmatchilari qatlami mavjud bo‘lishini talab etadi. Bunga misol qilib, hozirgi kunda tamomila yangicha yondoshuv amalga oshirilayotgani ko‘ramiz.

Ta’bir joiz bo‘lsa, bugungi kunda Konstitutsiyaning o‘zi, bir tomondan, islohot, yangilanish ob’ekti bo‘lsa, ikkinchi tomondan, demokratik islohotlarni huquqiy anglash, jamiyat barqarorligi, fuqarolar tinchligi, farovonligi va milliy totuvlikni ta’minlashning samarali mexanizmi va boshqaruv asoslarini yaratish imkonini bermoqda.

Yana bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqiman. Jadal islohotlar davrida so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga qaratilgan ishlar ta’sirchanligini yanada oshirish katta ahamiyatga ega. Bu borada Prezidentimiz qat’iy haqiqatga alohida urg‘u berdilari: “Bir haqiqat hammamizga ayon bo‘lishi kerak: barcha sohalarda amalga oshirayotgan islohotlarimiz qatori jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik, o‘zini o‘zi tanqid va demokratik yangilanish jarayonlari endi hech qachon ortga qaytmaydi va biz bu yo‘lni qat’iy davom ettiramiz”. Darhaqiqat, ochiq va oshkora siyosat hamda erkin ommaviy axborot vositalari – bu fuqarolik jamiyatining ajralmas qismidir.

Boshqacha qilib aytganda,zamonaviy ommaviy axborot vositalari davlat va xalq o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tab, yangi islohotlarga ilhom beradi. Xolis va tezkor ommaviy axborot vositalari davlat va jamiyatning bosh vazifasi hisoblanmish xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qilishga, yurtimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ulkan ahamiyat kasb etadi. Ushbu ezgu maqsad yo‘lida barcha vatandoshlarimiz bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilishi, ayniqsa yoshlarimizni yangi O‘zbekiston bunyodkori bo‘lib maydonga chiqishidan katta umid qilamiz. Prezidentimizga kamarbasta bo‘lgan holda betakror yurtimizni tinchlik-osoyishtaligini saqlashda faol bo‘lamiz.

Muxtasar qilib aytganda, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, xalq farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan izchil siyosat jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda. Bunda joriy yil sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan bir qator global va mintaqaviy tashabbuslar, aniq amaliy takliflar xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlanganini ta’kidlash joiz. Xususan, mamlakatimiz milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy organlaridan biri bo‘lgan Inson huquqlari kengashiga a’zo etib saylandi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida olib borilayotgan ochiq va faol tashqi siyosatning yana bir katta yutug‘i va isbotidir.

Oybek TURG‘UNOV,

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti

kafedra boshlig‘i, yuridik fanlari doktori.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston konstitutsiyasida shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlar