Tadbirda O‘zA ijodiy jamoasi ham ishtirok etdi

Transport vazirligi, “O‘zaviatsiya” agentligi, “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK, “Uzbekistan Airports” AJ, “O‘zgidromet” vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Afg‘onistonda Mavlono Jaloliddin Balxiy nomidagi Mozori-Sharif xalqaro aeroporti faoliyatini tiklash bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatish jarayoni yakuniga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston qo‘shni Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, transport va energetika infratuzilmasini shakllantirishga ulkan hissa qo‘shmoqda. Ikki mamlakat o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqani yanada rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surmoqda.

Mozori-Sharif xalqaro aeroporti faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishda ko‘rsatilgan texnik yordam shunday tashabbuslarning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi. Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan, o‘tgan yil Transport vazirligi, “O‘zaviatsiya” agentligi, “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK, “Uzbekistan Airports” AJ, “O‘zgidromet” vakillaridan iborat Idoralararo komissiya tomonidan Mazori-Sharif xalqaro aeroportining texnik holati o‘rganilgan va zarur amaliy chora-tadbirlar belgilangan edi.

Afg‘onistonning Balx viloyati Mozori-Sharif shahrida bo‘lib o‘tgan anjumanda aeroport faoliyatini taklash bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatish loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilgani, qisqa vaqt ichida aeroport haftasiga 4 ta mahalliy va 1 ta xalqaro havo qatnoviga xizmat ko‘rsata boshlagani qayd etildi.

[gallery-9358]

O‘zA ijodiy jamoasi ham yuqori saviyada tashkil etilgan tantanali marosim chog‘ida foydalanishga topshirilgan ob’ektning to‘liq imkoniyati, majmuada yaratilgan shart-sharoit, aeroportdagi xizmat ko‘rsatish sifati bilan yaqindan tanishdi. E’tirof etish joiz, bu yerda o‘tgan davr mobaynida respublikamizning tegishli vazirlik, idoralari tomonidan qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, havo harakatiga xizmat ko‘rsatish, parvozni radiotexnik jihatdan ta’minlashga erishildi.

Texnik ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha Mozori-Sharif aerodromining uchish-qo‘nish yo‘lagi qoplamasi, havo kemalari uchun burilish yo‘laklari va to‘xtab turish joylaridagi belgilar bo‘yog‘i to‘liq yangilangan. Qolaversa, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan hududning elektr va yorug‘lik-texnik ta’minoti zamonaviy talab darajasiga keltirilgan.

Afg‘on tomoni vakillari birodarlik rishtasini mustahkamlashga asoslangan mazkur tashabusni O‘zbekiston tomonidan qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona, o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatini mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatning mantiqiy davomi, deya qabul qilinishini ta’kidladilar.

– Avvalo, mehmondo‘st, afg‘on zaminining jafokash xalqiga har doim yelkadosh bo‘la oladigan O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildiraman, – dedi Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sher Muhammad Abbos Stanakziy. – Mamlakatingiz rahbarining Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish, xavfsizlikni ta’minlash, tinchlik muzokaralarini ilgari surish borasidagi sa’y-harakatini yuqori baholayman. Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tamomila foydalanishdan chiqqan Mozori-Sharif xalqaro aeroporti faoliyati qayta tiklandi. Uchish-qo‘nish yo‘laklari mukammal ta’mirlandi. Masofaviy boshqarish tizimi ishga tushirildi. Aeroportining tashqi elektr ta’minoti tubdan yaxshilandi.

Shuningdek, tadbirda aeroportning qurilishi tugallangan ob’ektlarini foydalanishga  topshirish va faoliyatni tiklash uchun zarur jihozlarni qabul qilib olish hujjati imzolandi. bugungi kunda mintaqa davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqa faol sur’atda jadallashayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan 9 oy davomida mamlakatlarimiz o‘zaro mahsulot va xizmat ayirboshlash hajmi 3.1 million tonnani tashkil etdi. Bundan tashqari, transafg‘on yo‘lagi Shimoldan va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlaridan janubga yuk tashish imkonini berdi.

“Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li qurilishi loyihasi ham sheriklikni mustahkamlashi tabiiy. Ekspertlar fikricha, bu Afg‘onistonni qayta tiklash va butun mintaqani rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega loyiha hisoblanadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/TiH9-eXR29M" title="O‘zbekiston ko‘magida Mozori-Sharif xalqaro aeroporti qayta tiklandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

– Mamlakatlarimizni azal-azaldan o‘xshash til, umumiy muqaddas din va mushtarak ma’naviy qadriyatlar birlashtirib turadi, – dedi O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov. – Mozori-Sharif aeroporti faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish, bu zamindan amalga oshiriladigan parvozlar xavfsizligini ta’minlash va aeroportning samaradorligini yanada oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

Delegatsiyamizning muborak shahar – Mozori-Sharifga tashrifi aeroport elektr ta’minotini boshqarish punkti ochilish marosimidagi ishtiroki bilan davom etdi. Ikki tomon transport vazirlari an’anaviy ramziy qizil bog‘ichni kesganlaridan so‘ng yig‘ilganlarga mazkur texnologiya xususida ma’lumot berildi.

O‘tgan bir yil mobaynida O‘zbekiston aeroportlarida faoliyat yuritayotgan yetuk mutaxassislar Afg‘onistonning mazkur aeroportiga jalb qilindi. Ularning yordami bilan aeroportning uchish-qo‘nish, burilish yo‘laklari, havo kemasi turargohlaridagi mavjud nuqsonlar, kamchiliklar bartaraf etildi.

Uchish-qo‘nish yo‘lagining yoritish-signal moslamalari ham ta’mirlandi. Natijada aeroport tungi paytda ham, noqulay ob-havo sharoitida ham parvozlarni qabul qila olish imkoniga ega bo‘ldi. Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, kuz va qish mavsumiga to‘liq tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu ko‘mak O‘zbekiston tomonidan birodar afg‘on xalqiga, Mozori-Sharif aeroportiga texnik vositalar yetkazib berish yo‘li bilan amalga oshirildi.

Xulosa shuki, ko‘p yillik tarixga ega O‘zbekiston – Afg‘oniston munosabati madaniyat, urf-odat va an’analardagi yaqinlik, mushtaraklikka asoslangan siyosiy sheriklik hamda iqtisodiy sohalarda faollashib boryapti. Endi Mozori-Sharif aeroportidan mahalliy va xorijiy havo qatnovi yana jonlandi. Bu, o‘z navbatida, hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadi.

Behruz XUDOYBERDIEV, Nosirjon HAYDAROV (foto va video), O‘zA.

Toshkent  Mozori-Sharif Toshkent

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston ko‘magida Mozori-Sharif xalqaro aeroporti qayta tiklandi (+video)