O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni keng nishonlanmoqda
Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi Shimoliy kon boshqarmasi “Sharqiy” konida 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni va O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan istiqbolli va iqtidorli xodimlarni rag‘batlantirish, shuningdek, mehnat muhofazasi madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida bir qator tanlovlar tashkil etildi.
Jumladan, “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha eng bilimdon jamoa” viktorinasida konning turli bo‘linmalaridan 14 ta jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in va kurashlarga boy bellashuv yakunida 1-o‘rinni “Maydalovchilar”, 2-o‘rinni “Geo-Mark” va 3-o‘rinni “Turbay” karer jamoasi qo‘lga kiritdi.

“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha eng yaxshi vakil” ko‘rik-tanlovida esa 35-sonli ma’danlarni yuklash bo‘yicha kon foydalanish uchastkasi xodimi Ulug‘bek Qurbonov 1-o‘ringa, 1-sonli burg‘ilash ishlari uchastkasi xodimi Azamat Narziyev 2-o‘ringa, ekskavatorlarni ta’mirlash uchastkasi xodimi Nurgazi Kospanov 3-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Tanlovlar yakunida “Sharqiy” koni boshlig‘i Farruh Yo‘ldoshev barcha ishchi-xodimlarni kasaba uyushmalari kuni bilan tabriklab, g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
A.Bo‘riyev, O‘zA